Yil haqidagi
umumiy xulosalarim:
Bir yil avval
ajoyib sarhisob qilgandim. Uyim-uyim gaplar yozganman. Bu safar 2024 qanday o‘tdi? Nimalar qildim? – Hech narsani bilmayman. Shunchaki tirik yurganimga shukur. Judayam rasvo boshlangan yilim, rasvo ahvolda tugayapti. Qiladigan ishlarim va muammolarim shu darajada ko‘p-ki, men ular bilan birga yashashga o‘rganib ketdim. Har holda kuz va dekabr boshi yaxshi keldi, avgsutning oxirlaridan boshlab hayotim anchayin tartibga keldi.
Hozir bir qancha o‘rgangan narsalarim haqida aytib o‘taman. Undan avval esa yilning o‘ziga xos yutuqlarini sanamoqchiman.
Bu yil o‘zim uchun kashf qilgan eng yaxshi yangiligim sayohat bo‘ldi. Kanalda umuman yozmagan bo‘lsam ham (aslida eng muhim narsalarni hech kimga aytmayman. Shunaqa bo‘lishi ham kerak. Baxtli lahzalar faqatgina yashaladi, hikoya qilinganda esa o‘z mohiyatini yo‘qotishi mumkin) uch marta ajoyib sayohatga chiqdim. Uch martasida ham qayta tug‘uldim desam bo‘ladi. Kishiga haqiqiy darsni boshqa joy va odamlar bilan tanishish berarkan. Hech qanday rejalarsiz, biron maqsadsiz boshqa yerlarga ketib ko‘ring. Ba‘zan shunchaki ketish ham yaxshi yechim, hayotingizga boshqa nazardan qarash imkoniyati bo‘lishi mumkin.
Keyingi asosiy o‘rgangan narsam:
odamning kitob o‘qiganligi hech narsani belgilamaydi. Agar u tarbiyasiz va qotib qolgan dunyoqarash egasi bo‘lsa mingta tamomlangan kitob shunchaki isrofgarchilik. Undan ko‘ra maklaturani o‘ylagan, daraxtlarga achingan durust. Odamning asl tabiati va illatlarini ba‘zan hech narsa bilan tuzatib bo‘lmaydi. Shu uchun tarmoqlarda ko‘rgan, judayam havas qilgan kishilaringizni yaqindan tanishga ishqiboz bo‘lmang. Chunki biz telegram yo instagaramda ko'rib, eshitib, gaplarini o‘qib, o‘sha kishidan kimnidir yasab olishga moyil bo‘lamiz. Aslida uyam odam, xatolari bir talay ekanligi esdan chiqadi.
Keyingi va eng muhim o‘rgangan narsam bu
Pul. -Ha do‘stlar, eng kerakli narsalardan biri mana shu bo‘ldi. Shu yilgacha biron marta uning qiymati va qadrini bilmaganman. Hecha qachon pulga qiziqmaganligim hayotimdagi eng katta xato ekanligini mana shu yil tushundim. Pulga qiziqish kerak, harakat qilish kerak, u hamma narsani bo‘lmasa ham, ko‘p narsani hal qila oladi. Ba‘zan baxt ham berishi mumkin. Kelasi yilning bosh planlaridan qilib doimiy va yaxshi daromadga chiqishni belgilab oldim.
Va bu yil men eng yomon ko‘rgan narsam –
yetakchilik va mas‘uliyatni o‘z zimmamga olishni o'rgatdi. Agar majburiyat degan narsa bo‘lmasa bunday qilmasdim. Ammo juda ko‘p marta katta va kichik jamoalarni boshqarishimga to‘g‘ri kelib qoldi. Bu chinakam katta hayotga qadam qo‘yishimga yordam berdi. Jumladan: Kanalimiz a'zolari bilan bir necha bor uchrashuvlar qildim. Bookbloegrlar bilan birinchi "Secret santa"ni tashkillashtirdim, ularni Samoyabooks ochilishiga ham yig‘gandim. Yozdan beri butun boshli kvartira muammolarini hal qilib kelmoqdaman. Yangi marfonda kordinatorman, turk tili guruhimizda konuşma darslarini tashkil qilyapman, ustozimning yangi guruhida yordamchi o‘qituvchiman. Barchasidan uyum-uyum xotira qolmoqda. Hatto, hammasi yig'ilib kasb tanlashimga turtki bo‘lishdi. Xullas bu yil "liderlik" xususiyatimni kashf ettim. Fevral oyidan boshlab rasman o‘qituvchi bo‘laman. (Bu yerda reklama ham mavjud. Kelasi oy Turk tilidan online va offline darslarimga qo‘shilishingiz mumkin)
Asosiydan ham asosiysi esa –
Oilaning baridan ustun ekanligi. Shunaqa do‘stlar: eng qiyin vaziyatingizda faqatgina oila siz uchun turib bera oladi.
Turk tilini o‘rganganim, turkcha
kitoblar bizneschasini boshlaganim ham yaxshi yutuqlardan biri bo‘ldi. Bu
haqida alohida ham gapirdim.
Hammasini umumlashtiradigan bo‘lsam yil judayam rasvo, lekin judayam rangba-rang, aslo unutilmas bo‘ldi. Katta darsni ham aynan mana shu 2024dan olgan bo‘lsam kerak. Hammasi uchun rahmat Hayot deb,
Quyosh Qizi yozdi.
@quyoshtaraflarda