View in Telegram
Inson yuragi juda qorong‘u, juda ham murakkabdir. "Son ada" Zülfü Livaneli Inson tabiati, inson yuragi, insoniyat jamiyati, umuman olganda insonning o‘zi juda ham murakkab yaratiq. Ming yillardan buyon yer yuzida yashab kelayotgan odamlar haqida qanchadan qancha izlanishlar olib borilgan, qanchadan qancha asarlar yaratilgan va bu jarayon yana uzoq vaqt davom eta oladi. Livaneli ham inson qilmishlarini, uning tabiat farzandi bo‘la turib unga keltirayotgan beqiyos zararlarini qalamga oladi. Tabiatdagi muvozanat buzilsa, qanday natijalarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. Asar antiutopik bo‘lib, hamma voqealar bitta orolda bo‘lib o‘tadi. "Molxona"da insonlardan ajralib chiqqan hayvonlar alohida jamiyat tuzishga urinishgan bo‘lsa, bu yerda odamlarning o‘zlari hech qanday boshqaruv tizimisiz alohida yashashadi. Ammo natijada barbir kimdir boshliqqa aylantiriladi. Vaqt o‘tib Hamma narsa izidan chiqa boshlaydi. Bunga qo'shimcha ravishda hayvonlar muammosi ham yuzaga keladi. O'ldirilgan tur sabab, tabiatdagi muvozanat izdan chiqib ko‘plab tartibsizliklar, kasalliklar, suv zaharlanishiga sabab bo‘ladi. Kitob muqovasida yozikganidek: "Biron joyda yomonlik bor ekan, u yerdagi hamma biroz ayblidir." Atrofga qarasak ham, o‘tmishga boqsak ham, insonlarning ko'pchiligi sukut va befarqlikda bo‘ladi. Ko‘rib-bilib turgan narsalari haqida ham gapirishmaydi, nohaqliklarga jim chidashadi. Lekin mana shu indamaslik va bee‘tiborlik so'ngida ko‘p yomonliklarga olib kelishi mumkin. Atrofdagi yaxshiliklar uchun ham, yomonliklar uchun ham barcha birdek javobgar. Kitob ko'pchilik antiutopiyalar kabi yakun topadi. Hajmi u qadar katta emas. Lekin mutolaa biroz zerikarli va sekin kechdi. Taqrizni ham kechikib yozyapman. Ammo muallif tili va uslubi yoqdi. Guntekindan keyin ancha oson tushuna oldim. Kitob uchun Ma'rufjon Ochilovga rahmat. "Yashil kecha" esa Salimovdan sovg‘a edi. Endi kitoblarni o‘qib tamomlasamgina maqtanaman. Ungacha barbir shaxsiy mulkim bo‘la olmaydi. "So‘ngi orol" o‘zbek tiliga tarjima qilingan. O‘qib ko‘rishni maslahat beraman. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily