View in Telegram
​​Yashamagan bo‘lsangiz, sarhisob kerak emas. Orqaga qaraysiz: o‘n ikki oy. Ammo shu oylardan qancha kunni "yashadingiz"? Nafas olish yoki tirik yurishni nazarda tutmayapman, aynan Yashash haqida gapiryapman. Men hisoblasam, bir oydan ko‘proq va kuzdagi sanoqli kunlarimni ayta olarkanman. Lekin bu yilda o‘rgangan narsalarimni oddiygina qilib aytib bo‘lmaydi. Reja bo‘yicha uyga borib, ozgina dam olib, nafas rostlagach yozmoqchi edim, ammo internet va kitoblardan tiyilishim lozim. Bu yil men uchun o‘zimni qaytadan yaratish yili bo‘ldi. To‘g‘ri, nimadirlar yutib, sertifikatlar olib tashlamadim, ammo shaxs sifatida shakllandim, yangi qirralarimni kashf qildim. Hayotingizda birgina yorqin inson bo‘lsin deganlaridek, bizga ayblarimizni, kamchiliklarimizni aytadigan kishi ham kerak. Paxta qo'yishni, maqtashni hamma ham eplaydi. Rivojlanishingiz uchun, kuchli bo'lishingiz uchun do‘stona maslahat, kerak bo‘lsa, achchiq gapni kamchilik gapira oladi va har qanday vaziyatda bir yo‘l ko‘rsata biladi. Yanvar va fevralda aytishga arzigulik voqea bo‘lmadi hisob. Martda esa yana she‘r yozdim, apreldan she‘r o‘qishni boshladim. Bu bariga birinchi odim edi, chunki maktabda ham eplab she‘r aytmaganman. Rostakam yashashim esa may va iyunga to‘g‘ri keldi. Hamma qo‘rquvlarimni yengib, boshqacha hayotga qadam qo‘ydim. Odamlarga, ularning fikriga qo‘l silkidim. Faqat o‘zim xohlagan, sevgan ishlarni qilishga, o‘zim istagan inson bo‘lishga intildim. Keyin hozir qadrdonga aylangan kishilarimni may oyidagi "Book arena"da topdim. Shu do'konni ham o‘zim uchun kashf qildim. Iyunda "Poetry Slam" hayotimdagi eng yorqin kunlarimdan biriga aylandi, she‘riyatni qaytadan sevdim. Aynan iyun menga unutilmas onlar, xotiralar berdi. Xatolarim ham yo‘q emasdi. Natijada yoz sog‘inishga aylanib ketdi. Iyulda kanalim rivojlandi, salmoqli, saviyali taqrizlar yoza boshladim. Yana ham yangi do‘stlar, tanishlar orttirdim. Avgustda eng ko‘p tarqalgan, menga balo ham, maqtov ham olib kelgan postlarim paydo bo‘ldi. Sentyabr yana gavjumlikka qaytish, ijtimoiy faollik oyi bo‘ldi. Oktyabr ham ancha samarali, yaxshi kitoblar o‘qildi. Aynan shu oy men doim orzu qilgan bookblogerlar safiga qo'shildim. Kanalimda saviya, ruh, tizim oshdi. Omma oldida nutq so‘zlash, jamoaviy ishlash bo‘yicha ham o‘zimni sinab ko‘rdim. Noyabr ruhiy inqiroz bilan keldi. Chalkashlik, mavhumlik hammasi aralashib ketdi. Yashash uchun kurashdim, bu hali ham davom etayotganga o‘xshaydi. Ammo oy oxirida umuman menga begona soha oldimda paydo bo‘ldi, ish boshladim. Ba‘zi sabablarga ko‘ra hozir yana bekorchiman (negadir talabalik ham bekorchilikka o‘xshayveradi), lekin yo‘nalishimga teskari kasb o‘rganyapman. Aftidan, bir narsani tashlab ketibman. Kuzda boshqa maqsadlar paydo bo‘ldi va yangi til o‘rganishni boshladim. Imkon qadar magistraturani bu yerda davom ettirmayman. Dekabr barchasini boricha qabul qilish oyi ekan. Balki ulg‘ayish. Katta bo‘layotganimni his qilyapman, garchi bu yoqimsiz bo‘lsa ham. Bilasizmi, yo‘q, men odam hislar bilangina tirik deb o‘ylayman. Ortiqchasi nazoratni yo'qotishga olib kelishi mumkin. Lekin bizda "Bir parcha et ostidagi yurak" va xotiralarimizdan boshqa nima bor? Nimayam bor? Bugun arg‘amchida uchayotib, ko‘z oldimdan oylarni o‘tkazdim. Hammasi uchun tashakkur aytishim kerak ekan. 2017, 2021, 2023 sanalari shu yerda qoladi) Yuqorida yorqin inson haqida gapirdim. Bir ko‘rganda unutiladigan qizni, hozir yanada yangi qirralari ochilayotgan, rang-barang insonga aylantirgan kishiga Rahmat deyman. Unutsam, eslarman deb kanalga muhrladim. Kitobdoshlar, kitoblarni alohida taxlaymiz endi, 50 dan oshib qoldi. Sizlarni qalbdan his qiluvchi va sevuvchi Quyosh qizi yozdi❤️ @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily