View in Telegram
​​"So‘na" - Etel Lilian Voynich "Ko'chalarda esa odamlar kulishar, chaqchaqlashardilar. U hayot ekanligidan beri dunyoda hech bir narsa o'zgarmagan. Har kun tevaragida ko‘rib kelgan ikir-chikirlardan bittasi ham o'zgarmagan; odam qalbi, tirik inson qalbi o'zgalar darajasida barbod qilingan bo‘lsa ham boshqa tus olmagan. Hamma narsa ilgargicha. Favvoralarda suvlar irg‘ishlab otiladi, pirmonlarda chumchuqlar chiriqllashadi, kecha ular qanday chirqillashgan bo'lsalar, ertaga ham yana shunday chirqillashadi... Artur bo‘lsa, Artur o‘lgan edi." Hayot davomida insonga ishonch juda muhim. Yashash uchun, biron narsa qilish uchun, davom etish uchun ishonch, e'tiqod kerak. Hech narsaga suyanmaydigan kimsaga bari bema‘ni, quruq, soxta bo‘lib ko‘rinadi. Arturda esa shu narsa bor edi. U hali yosh, kuch-g‘ayratga to‘la, o‘qishi bor, sevimli ustozi yonida, bir maqsadga ega ishga bosh qo‘shgan, ulug‘ niyatlarga bel bog'lagan. Lekin mana shunday paytda hammasi pufga chiqadi. Barcha ishongan narsalari, kishilari uni aldab kelgan bo‘ladi. Hayotda tutib turganlari havoga aylanadi. E'tiqodi ham unga yordam berolmaydi. Kishi boshiga qanchalik azob tushishi mumkinligini tasavvur qilolasizmi? Menimcha kitobni ushlab olib o‘ylash boshqa. Lekin boridan ayrilib, o‘limdan battar jahannamlarni ko‘rish boshqa narsa. Tili zahar, kinoyali insonlarga e‘tibor berganimiz? Yoki biz yomonlaydigan o‘sha yomonlargachi? Bular bir yumalab paydo bo‘lmagan, yoki osmondan osilib tushmagan. Hayot, kunlar, boshqa insonlar ta'sirida shunday ahvolga kelib qolgan. Hozirgi ahvolni, tuzumni tushunaversangiz, asl vaziyatni anglayversangiz va qo‘lingizdan balo ham kelmasligini his qilsangiz nima ro‘y beradi yoki ro‘y bermaydi? Insonlar asl qiyofalarini ko‘rsatsa, maskalar yulinib tushsa, bilmasligingiz keragini bilib qo'ysangiz qanday yashaysiz? Nomiga niqob qilingan e‘tiqoq, o'zi jannatdan lof urib, ko‘zi boshqa yoqdalarni payqab qolsangizchi? Yoki dinsiz ammo ziyonsiz yashayotgan yaxshi insonlarga nima munosabat bildirasiz? Kitobni o‘qigan kishi shu narsalarni o‘ylaydi. O‘zi uchun javob axtaradi? Hammaga qattiq tavsiya qilaman. Qorong‘i zulmat... yo‘q, yo‘q, bunday emas. Bu faqat o'yinchoq do‘zax xolos. Gap ichdagi qorong‘ilikda: ichda na yig‘i, na tishlarni g‘ijirlatuvchi g‘azab bor, u yerda faqat sukut... sukut. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily