Fitrat "Shaytonning tangriga isyoni"
Deyarli hammaga ma‘lum afsonalarga ko‘ra avval shayton barcha farishtalarga boshliq, ularga rahnamo, eng ko‘p ibodat qiluvchi bo‘lgan. Odamato yaratilganidan keyin unga bosh egishni istamagani uchun osiy bo‘lgan va shayton qiyofasiga kirgan. Shundan so‘ng qiyomatgacha insoniyatni yo‘ldan ozdirishga qasam ichganmush.
Bu dramada ham syujet deyarli shunday. Hamma maloiklar bosh egib "subhonolloh" deyish bilan band, shayton esa o‘ylagani-o‘ylagan: Biz nega yaratildik, hamma narsa avvaldan ma‘lum bo‘lsa, yozib qo'yilgan. Farishtalar yana toatda, shayton o‘ylayveradi.
Keyin ularga yuzlanib: "Lavh-ul mahfuz" da yozilishicha hech narsa bo‘lmagan, na borlik, na yo‘qlik. Olloh bir sir edi, o‘zini namoyish qilish uchun bu olamni, bizlarni yo‘qlikdan bor etdi. (mazmunini yozyapman) Agar men olovdan, sizlar nurdan yaratilgan bo‘lsangiz yo‘qlik qayerda? Shu kabi savollarni berishda davom etadi. Boshqa maloikalar esa bas qilishini, osiy bo‘lmaslikni aytishadi, Xudodan iymon tilashni davom ettirishadi.
Keyin u hammaga qarab yaqinda odam yaratilganligini, u hammadan ustun ko‘rilib yer yuzida Ollohga xalifa bo‘lajagini, farishtalar ham unga bo'yin egishini aytib beradi. Shundan so‘ng maloikalar yana Ollohga yupunib, odam zotini o'zlaridan ustun ko‘rmaslikni, tuproq bilan teng bo'lmaslikni so‘rab yolvorishadi. Lekin Tangrining bo‘ysunmaslik uchun bunga qahri keladi, Odamatoni olib kelib, shaytonning tojini, taxtini unga beradi. Barchani unga ibodat qilishga buyuradi.
Shayton esa bo‘ysunmaydi, hatto jahannamga kirishga, yonib kul bo‘lishga ham rozi bo‘ladi. Keyin u barcha maqomidan ayrilib, iblis qiyofasiga kiradi. Ammo hech afsuslanmaydi: Men mana shu tojga aldandim, endi ozodman, xohlagan joyimga boraman, odamga qarab esa: -Sen ham aldanma, men seni qutqaraman, deydi. Shu bilan drama yakunlanadi.
Bu ilk mushohada, ya‘ni bilishga, haqiqatga intilish deb o‘yladim. Chunki shayton ko‘r-ko‘rona aytilgan ishni qilishni emas, nima uchun yaratilganligini bilishni istaydi. Agar yo‘qdan bor etilgan bo‘lsa, olov nimaligini, hayotga qadam nimadan iboratligini aniqlamoqchi bo‘ladi. Agar Odamatoning birinchi xotini Lilit (o‘zbek tilidagi manbalarda bu haqda ma‘lumot deyarli yo‘q) ilk feminizmning boshlanishi bo‘lsa, Shaytonning ishi ilk isyondir.
"Usta va Margarita", "Faust" da chiroyli yakun yo‘q. Hammasi iblisga yengiladi. Margaritaga nur, Ustaga xotirjamlik ato etiladi, ammo jannat emas. Hayotda muvaffaqiyatga erishgan insonlar iblis bilan shartnoma qilganliklarini aytishgan U bilan shartnoma kelishilgach esa ortga yo‘l yo‘q.
@quyoshtaraflarda