View in Telegram
​​"Anna Karenina" Lev Nikolayevich Tolstoy Ko‘p gapiramiz: muhabbat unday, muhabbat bunday. Odamning hayotiga rang beradi, jilo beradi, ma‘no baxsh etadi, olamni ravshanlashtiradi. Lekin hamma bu eski tuyg‘uni yangidan yashagandek, bir kishining sevgi ta'rifi boshqasinikiga mos tushmaydi. Har bir kishi unga yangidan ta‘rif yaratadi, o‘z yuragi, hislari bilan muhabbatga jilo baxsh etadi. Afsuslarki ko‘pchilik bularni anglashga, his qilishga qodir emas. Yuksak hislarni tuban qalablar yerlashtirib qo‘yishi mumkin. Anna o‘z muhitda eng baland mavqedagi, eng chiroyli, yaxshi oilaviy hayotga ega bo‘lgan, o‘zga ko‘zlar ko‘zi bilan qaraganda rus aristokratiyasidagi ideal ayollardan biri edi. U doim o'zini qanday tutish kerak bo‘lsa shunday tutgan, jamiyat rasmlarini o‘rniga qo‘ya olgan, o‘zidan yigirma yosh katta kishiga sevgisiz turmushga chiqqandi. Unda har kun ballarda, har xil davralarda bekam-u ko‘st kechayotgan hayotini nima izdan chiqarib yubordiykin? Shunday insonlar bo‘ladiki ularga yetishmayotgan narsani yuqoridagi ashqollar bilan to'ldirib bo‘lmaydi. Hamma narsa bersangiz ham, u bilan qalbdosh bo'lolmasangiz bari bekor. Bu kabi insonlar ko‘p emasligi aniq, ammo yo‘q ham emas. Hislar shamoli shunday pallada Anna Kareninani tasodifan Vronskiy bilan yuzlashtirdi. Uning tilidan aytilgan quyidagi jumla barini yaxshi ifodalasa kerak: "-Do‘st bo‘lib qololmaymiz, buni o‘zingiz ham bilasiz. Ammo biz odamlarning eng baxtiyori bo‘lamizmi yoki baxtsizlarimi - bunisi sizning ixtiyoringizda". Rostdan ham bor vaziyat Annaga bog‘liq holda kechadi. U aldov, aktrisalik, soxtalik holatiga qadam bosar ekan o‘z tabiatiga qarshi chiqadi. Zeroki u hech qachon yolg‘on gapirmas, hamma sirlarini shu paytgacha eri bilan bo‘lishib borardi. Boshida yaxshi kechgan aloqalar borib-borib uni ado qilishni boshlaydi. Xohlagan hayotiga ham o‘tib ketolmaydi, hozigisidan ham kecholmaydi. Tabiatan sof insonlar chirkinlikda uzoq qololmaganidek, Anna o‘z holatini uzoq payt barqaror saqlab turolmaydi. Ular dindor, ahloqli, vijdonli, aqlli kishi, deb yurishadi, lekin ular men bilgan narsani bilishmaydi. Ular sakkiz yildan beri umrimni xazon qilayotganligini, menda bo‘lgan hayot nihollarining hammasini bo‘g‘ib kelyotganligini, mening tirik, jonli xotinligimni, muhabbatga tashna ekanligimni aqalli bir marta ham xayoliga keltirmaganligini bilishmaydi. Har qadamda meni haqorat qilganligini, shundan keyin o‘zidan mamnun bo'lganligini bilishmaydi. Ajabo hayotimni oqlash uchun harakat qilmadimmi, bor kuchim bilan tirishib-tirmashmadimmi? Ajabo, er o‘rnida yaxshi ko‘rishning iloji bo‘lmaganligiga qaramay, uni yaxshi ko‘rishga urinmadimmi? Lekin, vaqti kelibdi, men o‘zimni ortiq alday olmasligimni, men ham tirik jon ekanligimni, xudo meni shunday yaratgani uchun aybdor emasligimni, menga ham sevish, yashash kerakligini anglagan bo‘lsam nima qilay? Birinchi kitob tugadi, boshimdan oshgan ishlar, tashvishlar, o‘zimni qulay his qilmagan muhitda uzoq o‘qidim. Hozir nega avvalgidek haftasiga bitta kitob o‘qib, taqriz chiqarmayotganim haqida alohida gaplashishimiz kerak ekan. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily