View in Telegram
Hayotning o‘zidan ko‘ra qiziqarliroq narsa yo‘q, sizga aytsam. "Talaba" Tara Vestover​ Bilasizmi ta‘lim bu uzluksiz kechadigan jarayon: maktabdan boshlab hayot so‘ngigacha davom etishi mumkin. Jarayonda esa kishi sohasi bo‘yicha ko‘p narsa o‘rgana oladi. Ammo men ilmni cheksizlikka o'xshataman. Qancha o'rganilgan sari hech narsani bilmasligimizni anglash tomon kechadigan cheksiz jarayon. Momom o‘qishning igna bilan quduq qazishga o‘xshashligiini ko‘p gapirgan ekan. Hozir bu gapni otam menga tez-tez aytib turadi. Ilmda yillar davomida ter to‘kibgina nimadir natija, yangilikka erishish mumkin. Bilasizmi, ta‘limni qanchalik jimjimador gaplar bilan o‘rab-chirmasak ham, aslida manfaat, qanday tushuntirsam ekan, kelajakdagi ishimiz, karyeramiz, uni orqasidan keladigan daromad uchun hozir o‘qib-o‘rganamiz. Ammo, bularga qaramasdan men faqat o‘qish tarafdoriman. Ilm eshigi bir marta ochilsa u sizni boshqa imkoniyatlar tomon boshlaydi. Lekin yeratlicha moddiy va ma'naviy sharoit bo‘lmasa ta‘lim imkonsizga aylanadi. Kinolarda, kitoblarda yozilgani ertakdan boshqasi emas. Jismoniy mehnat bilan shug'ullanadigan kishi hatto o‘ylash va fikrlashni ham istamaydi. Buni bir marotaba bo‘lsa ham ishlab ko‘rgan, natijada faqat uyquganina vaqt topgan odam yaxshi tushunadi. Ham o‘qish, ham ishlash shunchaki go‘zal va xomxayol tasavvuringizdangina iborat uydirma. "Martin Iden" haqidagi postimda bu to‘g‘risida yozgandim. Tara esa ruhiy va ma'naviy qiyinchiliklarga, judayam nosog'lom oila muhitiga qaramasdan o‘qiydi, oilasi singdirgan johilona qarashlardan xolos bo‘ladi."Talaba" uning birinchi mualliflik kitobiga aylanadi. Yuqorida yozganimdek bular mingdan bir holatlarda, hamma ham bunday bosimga bardosh berolmaydi. Barchaga omad kulib boqmaydi, davlat stipendiya va grandlarini ololmaydi. O‘qiyolmaydi. Kitobni o‘ziga keladigan bo‘lsak badiiy, memuar asar. Sifat rostdan ajoyib, syujetda hayratlanarli o‘rinlar ko'p bo‘lsa ham o‘qilishli. To‘rt yuz bet kitobni qisqa muddatda tamomlasangiz bo‘ladi. Anchadan beri maza qilib kitob o‘qimayotgandim. "Talaba" menga mutolaa zavqini qayatara oldi. Tavsiya qilaman. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily