View in Telegram
​​"Kürk mantolu madonna" Sabahattin Ali Bir insonning bu qadar sevishiga, seva olishiga ishonish qiyin. Oddiy odam, hech kim unga e‘tibor ham bermaydi, ko‘rsa payqamaydi, hech bir ahamiyati, hikoyasi yo‘q kimsadek yashayveradi. Ammo uning yuragida hammanikidan ham kuchli muhabbat, xayolotida eng yuksak hayot qurilgan bo‘lishi mumkin. Siz qayerdan ham bilasiz? Gapirib bermasa, aytmasa u odam mavjud emasligini, hissiz va ishqsiz ekanligini qanday bila olardingiz? Mana shunday kishilar borligi uchun ham adabiyot yashasa, kitoblar yozilsa, insonlar sevilsa, yer shari o‘z o‘qida aylanib tusa ajab emas. Muallif tili nihoyatda go'zal. Musiqiy notadek bir xil va silliq chalinadi. Sut ichgandek ichadi kishi. Tarjima borasida har xil fikrlar eshitgandim. O‘zbekcha o‘qigan vaqtim-da u qadar yomon tuyulmagan, yoqqan desam ham bo‘ladi. Turkchada angladim-ki, asar ruhiyati boshqa dunyo ekan. Buni tarjima orqali yetkazish qiyin. Qancha yaxshi uddalangani bilan, yozuvchi tili saqlanib qolinmasligi mumkin. Ayniqsa Sabohiddin Alidek klassik yozuvchilarda shunday bo‘ladi. Tushunishga qiynalmagan bo‘lsam ham juda sekin o‘qidim. Bilmadim, hech qo‘lim bormadi. O‘n varoqdan bir qo‘yaman, yana olaman. Ikki bet o‘qiyman to‘xtayman. Avval o‘qigan bo‘lsam ham, juda og'ir mutolaa bo‘ldi. Balki, ayni hisssiyotli paytimga to‘g‘ri kelib qolgandir. Oxirgi sahifalariga kelib nafasim tiqildi, qo‘llarim qaltirab, zo‘rg‘a ushlab turdim. Kitobni o‘rniga bugun taxlab qo‘ya oldim. Kimgadir kitob kerak bo‘lsa @quyoshli_kitoblarr da buyurtma qilib berolaman. Turkcha o‘qisangiz boshqa, istalgan kitobni so'rashingiz mumkin. Yoqimli mutolaa! @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily