Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti (siyqasi chiqayotgan Jadidlar mavzusi) ni o‘qib tugatdik. Darsliklarda deyarli har bir ijodkorning hayoti, asarlari, faoliyati haqida umumiy va xususiy gaplar bor. Bizni amaliy domlamiz har holda oxirgi maqola va dissertatsiyalar bilan ham tanishtirib bordilar. Umumiy tasavvur shakllandi, ammo doimgidek men Qodiriy va boshqa jadidlarga tanqidiyroq yondashaman.
Hozir o‘sha davr dramalari haqida ikki og‘iz gaplashamiz: rosti bizda tragediyalar yaratilmagan, yaxshi sahna asarlari esa juda kam, deyarli yo‘q. Achinarlisi esa bundan yuz yil ilgari jadidlar olib chiqqan muammolar bugunimizga ham yopishib tushadi. Hammasida o‘zbek xalqining johilligi, bilimsizligi, urf-odat deb hamma narsadan voz kechishi, yangi g‘oyalarni qabul qilish tugul tushuna ham olmasligi.
"Padarkush"ni nisbatan ko'pchilik biladi. Bunda boyning ayanchli tarzda o‘z farzandi tomonidan o‘ldirlishi tasvirlangan bo‘lsa, "Baxtsiz kuyovda"da to‘y sabab o‘lib ketgan ikki yosh". "Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlarida" Mahmudxonning jur‘atsiz va harakatsizligini deb qurbon bo‘lgan Maryamxon. Maryamxonda o‘sha folklordagi kabi serharakat, kurashuvchanroq o‘zbek qizini ko‘rish mumkin. Hamza asarlarining tili boshqa jadidlarnikidan ajralib turadi. Fitrat dramalari ham yaxshi. Ammo jahon miqyosidagi hech narsa topolmadim.
Umuman olganda esa ular xalqni jaholatdan chiqarishga, ma‘rifatli bo‘lishga, mustaqillikka intilishgan. Asarlari ham shu doirada va shu mavzularda. Qanday tushuntirsa bo‘larkin. Agar xalq saviyasiz bo‘lsa unga saviyali va yuksak g‘oya bilan asar yozish imkonsiz. Agar yozilsa qabul qilinmaydi ham, o'qilmaydi ham. Avvalo didni ko'tarishga to‘g‘ri keladi. Mana shunday sharoitda paydo bo‘lgan ijod na‘munalaridan ko‘p narsa kutib o‘tirish kerak emas. Agar biz hali hanuz bularga mahliyo ekanmiz, darajamiz bir qatra ko'tarilmabdi.
@quyoshtaraflarda