View in Telegram
– Nega Nil bo‘yi nilufarlari tez so‘larlar? – Unlar oddiy gul bo‘lg‘onlari uchun. – Sening guling nega tez so‘lmaydir? – U sira so‘lmas! – Nima uchun? – Mening ko‘z yoshimda bitib, mening ko‘z yoshimda o‘sgani uchun. – Ko‘z yosh tubda achchiqdir, bu bu nimaga achchig‘ emas? – Muning-da, achchig‘ hid sochqon choqlari bordir. Bu sevgi chechagidir, umidlik ko‘z yoshlarini ham ko‘p emgandir. Shuning uchun totlidir. – Menga qoldirib ketmak istamaganing nima uchun? – O‘zimniki bo‘lg‘oni uchun! Tinding. Faqat, ko‘zlaring egri havaslar bilan to‘lg‘oni holda menga qaraylar edi. Sening qarashlaringda xiyonat olovini ochiq seza boshlog‘on bo‘lsam-da, tindim. – Men gulsiz qola bilmayman. – Sening uchun mundog‘ gullar yo‘q emas, bor. – Qayda? – Istasang Nilning bo‘ylarida, istasang shahar ko'chalarida. – Yo‘q, ishonmayman – bo‘lmas topilmas. Ham bu gulning egasi bo‘lg‘on go‘zal sira Misir Kleo‘patrasi kabi bo‘la olmas. – Mening qarshimda bundan ham ortig‘dir. Deb yozgandi Cho‘lpon 1921-yil, 14-avgustda. Uning tili va uslubi naqadar go‘zal ekanligini mana shu birgina "Kleo‘patra" hikoyasidan ham bilish mumkin. Fitrat adabiyotning nazariy masalalari haqida yozarkan ko'pgina misollarni Cho‘lpon ijodidan keltiradi. Yuqoridagi asarni qofiyasiz yozilgan nazm deydi. Hech qanday vaznga solinmagan bo‘lsa-da, jumlalar ohang orqali suvdek oqadi. Ham adabiyotchi, ham o‘quvchi nigohi bilan qaralganda maza qilish mumkin. Kichkina kitobchadan joy olgan hikoyachalarning barchasi qisqa, mazmunan to‘q. Har biri o‘zida davr muammolarini aks ettirgan. Jadidlar yozgan barcha ijod na‘munalarida o‘sha zamon odami ko‘rinadi. Shu jihat asarlar salmog‘i va o‘qilishligini yana bir bor oshiradi. Umumlashtiradigan bo‘lsam, Cho‘lpon o‘qish kerak bo‘lgan yozuvchilardan biri. She‘rlari ham juda go‘zaldir. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily