Tavsiya
Buni yozmasam bo‘lmasdi. Ko‘nglim xotirjam bo‘lishi uchun ham yozishim shart. Xullas turk tili bilan rasmiy aloqalarimni yil boshida boshladim. O‘sha payt tuzuk-quruq o‘qishni ham bilmasdan turkcha kitoblarga juda qiziqardim. Kiyim va kosmetikani yaxshi ko‘radigan dugonamdan chetdan buyurtma usullari va yo‘l-yo‘riqlarini so‘radim. Kitob olib keltirsak bo‘ladimi? Keladimikan, deb o‘yladim. Qarasak iloji bor.
Bookblogim va auditoriyam sabab buni boshqalar bilan ham ulashsam bo‘lardi. Bir-ikki ikkilanishdan so‘ng
kanal ochdik. Hech qancha foyda qolmasa ham kitob opkeltirishni boshlab yubordik. Sherigim ham adabiyotga mehr qo‘ygan inson. O‘zimni shundog‘am yaxshi bilasiz. Bizga hech qanday foyda, mijoz degan narsalar qiziq bo‘lmadi. Asosiysi sevgan narsamizni boshqalarga yetkazsak dedik. Shu sabab narxlarga katta e'tibor bermasdan arzonroq yozaverdik. O‘rtada kurs o‘zgardi, Turkiyadagi sharoit sabab kitoblar biroz qimmatladi. Ammo ular bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Istanbuldan keladi. Shu sababli u darajada baland narx bo‘lmaydi. Tarqatishda pochtadan, Toshkentdagilar uchun metrodan foydalanamiz. Universitetimdan ham olib ketishadi.
Biz kitoblar va mijozlar soniga ham yopishib qolgan emasmiz. Yetarlicha xaridorlarimiz mavjud. Hozir aytmoqchi bo‘lganlarim esa, ancha avval kelib chiqqan bir tushunmovchilik.
Abdulaziz aka kanalini reklama qoldirmoqchi edi. Shu bilan nimadir bo‘ldi, reklama qilmadik. O‘rtada shu ishim boshlandi va boshqacha atmosfera hosil qildi. Nega bunaqa bo'lganini bilmayman.
O‘sha postni ko‘rgan zahotim yozmoqchi bo‘ldim. Bir tortishay dedim, bir tushuntiray dedim. Natijada esa sukutni ma‘qul ko‘rindi. Indamadim.
Men ham bu ishni boshlagan paytim Salimovga maslahat solganman. Hatto bu kishi ishimni uzoq davom etmaydi degan bo‘lsa ham e‘tibor qilmaganman. Ijodkor odamning qanaqa bo‘lishini bilasiz. Biz kabilarda beqarorlik kuchli. Biznescha esa to‘xtatgani yo‘q. Sekin-sekin bo‘lsa-da davom etib kelyapti. Shunchaki, kitob ulashish ancha vaqtdan buyon orzu qilgan narsalarimdan biri edi. Ko'nglimda bundan boshqa narsa bo‘lmagan. Yuqorida aytganimdek kitoblarga pul topish manbayi deb qarolmaganman. Kanalniyam professional yuritmayman.
Yuqorida link berilgan postni ko‘rib qattiq xafa bo‘lgandim. Ancha vaqt o‘tib ketsa-da o‘zimni yomon his qilib kelaman.
Shu sabab hozir maqsadim boshqachaligini, vaziyat sabab anglashilmovchilik bo'lganini aytmoqchi edim. Asosiysi
@bookexpress_uz ni hammaga tavsiya qilaman. Blog juda did bilan yuritiladi. Kitoblar ham ajoyib. Ijtimoiy tarmoq – katta maydon. Hammaning o‘z kuzatuvchisi, muxlislari, auditoriyasi bo‘ladi. Mana shu online do‘londan kitob olishingiz mumkin. Shunday qilsangiz jud xursand bo‘laman.
Kim bilsin, balki mendan ham xato o‘tgandir. Ayni payt fikrlarimni qanchalik to‘g‘ri tushuntira olganimni bilmayman. Lekin bori shu edi. Hammaga rahmat.
@quyoshtaraflarda