Yuqoridagi ikki postni ko‘rdingiz. Munosabat bildirganlar, pismiqlanib o‘qiganlar bo‘ldi. Endi men ham bir-ikki narsa yozib qo‘yaman:
Shu o‘ringa universitetdagi bir domlamning gapi mos: -Men sizlarga achinaman, hozir she‘r, xat yozib sevgi izhor qiladiganlar ham, romantik yigitlar ham yo‘q, degandi. Atrofga qarasam chindan shunday. Ijtimoiy tarmoqlardagi tayyor munosabatlar hamma joyni egallab ketgan. Chatlar, telefonda gaplashishlar.
Bularga ham qarshi chiqib bo‘lmaydi, ammo jonli hayot, nigoh, suhbat, ko‘z-ko‘zga tushishi, kabi narsalar bor. Nahot endi soatlab, ko‘zni og‘ritib yozishish, soniyalik jilmayishga teng bo‘lsa. Veyy, telegram komentatiyalaridan gap tashlaganlarni gapirmay. Bir-ikki yilcha avval juda avjida edi. Hozir bu borada madaniyat sal joyiga tushib qoldi.
Boshqa bir ustozim esa so‘ngi darsida shunday maslahat bergan: -Agar eplasangiz ham o‘qish kerak, ham sevishish kerak. Boshda hayron qolganman, shu ustoz shunaqa desaya, deb. Keyin o'ylasam to‘g‘ri gap bo‘lgan ekan. Hamma narsaning o‘z vaqti bor. Yoshlik ham bir davr. U hech qachon ortga qaytmaydi.
Qariganda bizga nima qolishi mumkin? Faqat xotira. Tanishlarimga ko‘p aytaman: Xo‘sh, nevarangiz, -Qani moma, yoshligingizda qanday qiziq narsalar bo‘lgan, bizga ham aytib beringchi, desa, biz nima deymiz. -Qizim, juda aqlli bo‘lganman, oldin qo‘ydek maktabga borib yurardim, keyin sal o‘qib, bir marta rasmini ham ko‘rmagan joyimga o‘qishga kirdim. Bittayam qizga qaramay, tufe, (bizda qizlar shu qadar ko‘pki) , bollarga qaramay, jim tugatganman. Ora-sira kitob o‘qib, bookblog ham yurg‘izdim. Palakat bosib enam, shunga bergan, g‘ing demay tekkanman. Mana tarixim, tugadi, deymanmi?
Hech qachon ishonishmaydi. Balki qarab, -Dinozavrlar davrida yashaganmisiz, buvi, deyishar? Bolalarni o‘zingiz bilasiz, u paytga borib bilmadim, zamon qanaqa o'zgarishlarga yuz tutadi. Bularni qo‘ying. Birontasi bilan sevishib qo‘ygan taqdirda ham, klassik sevadiganini tanlash kerak. Shunchaki, vaqt o‘tariga yurganlar ketmaydi. Sizni qidirsin, izlasin, kutsin, nimadirlar o‘ylab topsin. Martin Iden Ruf uchun qancha narsa o‘rgangandiya. Bunaqa misollar ko‘p-ku.
Qiz bola sifatida shuni aytamanki, faqat yozib o‘tirgan kishidan ko‘ra, oldizdan chiqqan, romantik, (bunda mehr, e‘tibor muhim. Masalan, yerdan qoqi uzish, gullagan bodom bandini sindirib berish ham mumkin. Qolgani hammaning didi va ideasiga qarab), dadilroq kishi albatta jiddiy qabul qilinadi, hurmat ham qilinadi. Yerning tortishish qonuni hisobga olsak, hech bir harakat quruq va besamar ketmaydi.
Aytgancha, bahor kelyapti-ku! Boshimiz gangimasin. Kitob o‘qiymiz.
@quyoshtaraflarda