View in Telegram
Mohira Eshpo‘latova "Olov raqsi" – Bugun havo ajoyib-a? – deya gap boshladi u. – Bilmadim. – Siz tashqaridan uning ajoyibligini, kuzni his qilishga urinayotgan odamga o‘xshab ko‘rindingiz. Agar bezovta qilgan bo‘lsam, uzr... – Fasllarning bari o‘zgacha ajoyib. – Ketyapsizmi? – Ha, qaytish vaqtim bo‘ldi. – Afsus, endi tanishmoqchi edim-a. – Keragi yo‘q. – Nega? – Chunki Annushka pista yog'ini to‘kib bo‘lgan. Kitobni Erkin A‘zam yozgan so‘zboshisi bilan boshladim. To‘g‘ri, men spoylerdan qo‘rqmayman. Haqiqiy kitobxon bunga parvo qilmasligiga ishonaman. So‘zboshida yozilganidek, Mohira opa hikoyalarining hech bir yerida ortiqcha urinish yoki bo‘rttirish ko‘rmadim. Oddiy so‘zlar bilan ham ajoyib narsalar yozish mumkin. Barchasi samimiy va o‘zgacha sodda. Sodda deganimda, bu doim tushunadigan soddaligimiz emas. Kundalik turmush, biz payqamaydigan hayot haqiqatlarida hikmat katta bo‘ladi. Yozuvchilar nigohi esa, boshqalar payqamaydigan, (payqasa ham yoza olmaydigan, yozmaydigan) jihatlarni ko‘radi. Hikoyalarning barchasida rang-baranglik mavjud. Bittasidan ikkinchiga o‘tishingiz bilan yangi havo olasiz. Boshqa dunyo, o‘ziga xos dunyo olami o‘quvchini qurshab oladi. "Katena" deb nomlangani hikoyada atrofimizda ham mavjud bo‘lgan hayot ochilgan. Onasining aytganini olmagan o‘g‘il va natijada qaynonaga badal to‘lagan kelin va farzandlar taqdiri ko‘p-ku oramizda. Bu hikoyadagi alohidalik shundaki: o‘quvchi hech kimga yon bosmaydi, achinmaydi, bitta obraz tarafini olib yugurgilamaydi. Qahramonlar xarakteridagi o‘ziga xoslik bunga yo‘l qo‘yib bermaydi. Aybdor qilish kerak bo‘lsa barcha birdek aybdor bo‘lishi mumkin. Kitobdan yana parchalar keltiraman: "Omonat ekan, Katena, hamma narsa omonat ekan. Odamlar, munosabatlar, qo‘lingda bor bo‘lgan barchasi..." "Biz, insonlar shunchalik qo‘rqoq, jur‘atsizmizki, hatto ikkinchi yo uchinchi shaxs yo‘q bo‘lgan qog'oz qarshisida ham o‘z ichki "men"imizni ko‘rsatolmaymiz." Muallifni taniganimga bir yil bo‘lgan bo‘lsa, yozgan ijod namunalari bilan endi tanishdim. Bu kishi ko‘pchilikni yozishga undaydi: bunga shaxsan ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘p bor guvoh bo‘lganman. Mohira opa, Kitobingizni sovg‘a qilmasangiz ham bookuzdan topib kelgandim). Yana yangi kitoblar chiqaring, ko‘p-ko‘p yozib charchamang. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily