View in Telegram
​​Men eng yaxshi ko‘rgan, qadrlagan, vaqtimni, e‘tiborimni ajratgan, unga bog'langan, yo'qotishdan qo'rqqan insonlarimdan Xudo doim ayiradi, uzqolashtiradi, usizlik bilan jazolaydi. Eng qattiq alam, iztirob, achchiqni o‘n yetti yosh paytim, o‘qishga tayyorlanyotgan yoz oyida his qilganman. Birinchisi o‘rganish bo‘lib qolgan maktabdan ayrilish bo‘lsa, keyingi va eng kattasi yaqin dugonamning ketishi bo‘lgan. U hayotimga, o‘zimga shu qadar o‘tirishin qolgan ekanki, ayriliqdan jinni bo‘lib qolay degandim. Telefonda yig‘lab geplashganimni esalasam... Eng azobli ayriliq qanaqa bo‘lishini o‘shanda bilgandim. Keyin bir qarindosh, yaqin bo‘lam bilan vidolashuv, oilamdan yiroq ketishim. Begona joylarga bir dunyo orzu bilan kelib, barining bir uyum sarobligini ko‘rish. Yillar davomida adabiyot va ijoddan sovib ketish. Buyog‘ini davom ettirish ham uzun. Bitta qalin kitobni o‘qishni tasavvur qiling. Kunlar, balki oylar U bilan yashaysiz. O'rganasiz, varoqlariga chizasiz, yoqimli hislarni tuyasiz, dardlashasiz, eng yaqiningizga aylanib qoladi. Keyin u poyoniga yeta boshlaydi, ko‘ngil ham g‘ashlanadi. Bilib turibsiz, hammasi tugayapti, lekin ilinj bilan oldinga intilaverasiz. Qani bu sayohat tugamasa. Lekin nogahon bir voqe hammasiga yakun yasab, yozuvlar tugab qoladi. So‘ngra kitobni asta yopib joyiga qo‘yasiz. Ancha muddat U o‘sha joyda qoladi. Yillar o‘tgach eslab, asta ochasiz, lekin qayta mutolaada avvalgi taassurotni topolmasligingiz mumkin. Chunki orada kimdir yoki nimadir o‘zgargan bo‘ladi. Ba‘zi odamlar ham. Yo‘q hamma odamlar bilan bo‘lgan munosabatimiz o‘sha kitob kabi. Birovlar bizga olam-olam narsa beradi, o‘rgatadi, o'zgartiradi, hayotni ko‘rsatadi. Qayta-qayta o‘qishni istayverasiz. Birovlari esa quruq, hech narsasi yo‘q bo‘lib chiqadi. Kishida na bir his, na bir xotira qoldiradi deysiz. Bunday kitoblar yo javonda, yo bir burchakda qoladi. Na chora, taqdir deysiz. Lekin dunyo shundayki, hammasi suvdagi bir ko‘pik. "Puf" deyishingiz bilan uchib ketadi. Shularni bilib turib ularga bog'lanib yashab bo‘lmaydi. Ammo (qayta aytaman) ne choraki biz insonlar bog‘lanamiz, ishonamiz yoki jillaqursa shuni xohlaymiz, deb o‘ylaymiz. Lekin vaqti keladiki, shamolning bir pir-pirashidan dahshatga tushamiz. Zo‘rg‘a turgan ko‘pigimizni saqlamoq uchun ming tadbir, hiyla qo'llaymiz. Ammo sovun parchasi barbir yorilib ketadi. "Paq", hech narsa, hech kimsa yo‘q. Sabohiddin Ali yozganidek o‘lib qolaman deb o‘ylaysiz. O‘yalsiz-u, jon qattiq bo‘ladi. Hmmasiga chidaysiz, bardosh topasiz, kuchli bo‘lasiz. Nechoraki, bori shu ekan deysiz. Na qayg‘urishga, na azob chekishga, na vaqt sarflashga, na e'tiborga arzimasliklarini anglaysiz. Balki, bari qachondir takrorlanar, yana to‘kilishni, qulashni, istarsiz. Lekin hozircha jim, indamaygina hammasini kuzatib turgan ma‘qul. Hamma kabiligimni, bir xilligimni bilaman. Ammo, biroq, boshqacha rang bilan qaragan ko‘zlar hech qachon yolg‘on so‘ylamaydi. Men ikki safardagi nigoh uchun dordan ham yurdim. Oddiy hayotda yashab yukasgini istadim. Bu istak kuchaysa kuchaydiki, bitgani yo‘q. Shunchaki, Shunchaki "Rahmat" hech narsani ifodalay olmaydi axir. Bularni Men, Biz anglasak yetarli.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily