Men senga ta‘zim qilganim yo‘q, men odamzod dardiga ta‘zim qildim.
"
Jinoyat va jazo" Fyodor Dostoyevskiy
Uzoq o‘qidim. To‘g‘ri, Dostoyevskiy haqida ham, uning asarlari haqida ham ko‘p gapiramiz, ammo muallifning biror bir kitobi haqida obyektiv yondashilgan taqrizni deyarli ko‘rmaganman. Kitob boshdan oyoq inson ruhiyati, undagi anglangan va anglanmagan jarayonlar, hislar, kechinmalar tahliliga bag‘ishlangandek. Mutolaa davomida ancha-muncha ter to‘kib qo‘yasiz.
Har bir qahramon yoki personajga to‘xtalishni xohlamadim. Hozir juda hissiy odamga aylanib qolganim sabab xolisona gap yozolmasam kerak. Lekin shuni aniq bilamanki, jahon klassikasini o‘qish doim sizga yangi narsa beradi. Bir kitob qayta mutolaa qilinsa ham, yangisi bo‘lsa ham shunday. Boshdan oxirigacha Roskolnikov taqdiri nima bilan yakunlanishini kutdim. Uning Porfiliy bilan kechgan suhbati asarning eng kulminatsiyasiga aylangan va ko‘p narsalar shu o‘rinda ochiladi.
Adabiyotning shundan xususiyati bo‘ladiki, asardagi har bir qahramonni sizga xayrixoh qilib qo‘yadi. Chunki siz uning ichida va atrofida kechayotgan jarayonlardan xabardor bo‘lib turasiz. Va uni jinoyatchimi, xiyonatkormi, ayolmi, erkakmi, kim bo'lishidan qat'i nazar, avvalo inson sifatida ko‘rishga o'rganasiz. Chunki hech kim o‘z-o‘zidan bir ishni qilmaydi, uning hozir kimligi va shaxsiyati yillar davomida, ko‘plab ta'sirlar davomida shakllanib boradi.
Kitob atrofga va insonlarga yangicha qarash bilan boqishni o‘rgatadi. Talaba bo‘lganim uchun qahramonlar holatini yana ham yaxshiroq his qila olgandirman. Ayollar obrazi hurmat va ehtirom bilan yoritilgan. Ancha hajmli bo‘lishiga qaramasdan tez o‘qishingiz mumkin. Qo‘limdagi nashr eski, 2021-yil chiqqan. Sifat va tahrir juda yomon. Tugaguncha titilib ketmasa edi degandim, har holda butun qoldi) Olmagan bo‘lsangiz, sifatliroq nashrini qidiring. Kitobni alohida tavsiya qilaman.
Eng muhim qismini unutibman, lekin uni o‘zingiz o‘qib olganingiz ma'quloq.
@quyoshtaraflarda