View in Telegram
Bir kecha ming kecha bo‘lgan bu kecha. Faxriyor "Geometrik bahor" Rostini aytsam, kitob orqasida Nazar Eshonqul yozgan tahlilga o‘xshash gaplar bor edi. O'shani o‘qib biron nima qoralayman deb yurudim. Ammo o‘qimadim. Hozir vaqtim kamligi, ko‘p kitoblarga hech narsa yozmayotganimni hisobga olib, umumiy gaplar bilan cheklanaman. Avvalo kitob qanday qilib qo‘limga tushdi? Nashr 2004-yil. Deyarli hech qayerda yo‘q kitobni men emas, kitobning o‘zi meni topdi. Undan keyin Sheroziy va Bayron she‘rlarini ham sotib oldim, bir necha kam topiladigan adabiyotlarni o‘zim uchun belgilab qo‘ydim. Bu to‘plam esa naq xazinaning o‘zi bo‘ldi desam adashmayman. She‘rlarning birontasini tez o'qib bo‘lmaydi. Ohang, qofiya bari joyida. Lekin undagi fikrlar ancha-muncha zarvorli. Shoirlarning hissiyotli (aslida she‘riyat bu hissiyot degani bo‘lsa kerak) bo‘lishi, she‘rlardan muhabbat ufurib turishi yaxshi narsa. Ammo ularda intelekt, fikrlash, bilim, dunyoqarashning kuchli bo‘lishi bu boshqa masala. Unda she‘r siz uchun qalb taskini, siz ham his qilgan narsalar ifodasi bo'lib qolmay yangilikka, oldinga, fikrlashga undovchi kuchga aylanadi. Bunday undov Usmon Nosir, Cho‘lpon she‘rlarida bor. Sevgiga yo‘g‘rilgan satrlarda esa ayriliq va sog‘inch ufurib turadi. So‘z tanlash, ifoda, quyilib kelgan jumlalar haqida ortiqcha gapirmayman. Buni tepada yozilgan bir misradayoq payqab olishingiz mumkin. Mana bular alohida belgilab o‘qiganganlarim: Ko‘ngilda ayriliq mavsumi, Vido tuyg‘ulari sondirar. So‘nayotgan sham kami umid, Yuragimni og‘ir yondirar. Parpiraydi umidning shami, Do‘nib borar umidsizlikka. Sen ketgan yo'llarga — bir kami — Qorlar yog‘ar. Qor — izlikkina. *** Lag‘zada sevgimiz qaridi, Sochlarini bo‘yar uning tun. Ne g‘amki, visoling aridi, Nogahon men sevilmagan kun. Ketar jafosining izini Gul bo‘lib bahordan so‘rmading. Bilmon, men tug‘ulgan kuznimi? Qolmog‘ingga ravo ko‘rmading. "Izlikkina qor", "sevilmagan kun" kabi topilma jumlalar deyarli har bir she‘rda bor. Ba'zi qatorlardagi so‘z shakli va o‘yinlarini bittada anglash qiyin. Qayta va ayta o‘qib ko‘rishga to‘g‘ri keladi. O‘quvchi shunda ham mutolaaga bo‘lgan chanqoqog‘ini qondirolmaydi. Yana va yana o‘qigisi kelaveradi. Mana hozir ham kam yozmoqchi edim, lekin unchalik ham kam narsa chiqmadi. Bular dengizdan tomchini ham hosil qilmaydi. O‘zingiz o‘qing. Bu kitob bo‘lmasa ham, Faxriyorning boshqa kitoblarini o‘qing. O‘qiganda ham shunchaki emas, butun vujudingiz o‘qishiga imkon berib ko'ring. "Kezmoqqa tog‘, botmoqqa tog‘ning — Yo‘qligi" sen bo‘lding. Sensizlik — Mening kasbim. Mening vazifam. Muhabbat armonli tengsizlik. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily