View in Telegram
"Kuz simfoniyasi" Sherzod Ortiqov Boshqa fasllarning borligi ro‘yo, Bu dunyoda faqat kuz bor azizim. Kitob chiroyli muqova va undagi epigraf bilan boshlanadi. Hikoyalarning deyarli barchasida kuz tasviri bor. Kuzda bo‘lib o‘tgan voqealar, kuz tabiati manzaralari, kuz havosi. Kishini kuzdagi umidsizlik va va‘dasizlik qurshab oladi. Biridan ikkinchisga o‘tarkansiz, beixtiyor kuz atmosferasiga tushib qolasiz. Yomg‘ir, kitob, kutubxona, she‘r, musiqa, san‘at kabi so‘zlarga tez-tez duch kelasiz. Asosiy obraz sifatida kitob o‘qiydigan, sa‘nat vakillari, yoki ziyoli qatlam tanlangan. Muallif tili va asar badiiyati yomon emas. Ammo kitobdagi uchta yoki to'rtta hikoyani o‘qish butun to‘plam haqidagi tasavvurni bera oladi. Ya‘ni o'xshashliklar va takror ko‘p. Boshida yangilikdek boshlangan mutolaa kitob yarmiga yetmasi me‘daga ura boshlaydi. Katta hajmli asar bo‘lmasa ham, o‘quvchi tugatib qo'yishga sabrsizlanadi. O‘xshashlik syujet va detallarda emas obrazlarda ham ko'p uchraydi. Bularni yanayam kengroq ochishga harakat qilib ko‘ramiz: Hamma voqealar chet elning mashhur shaharlarida, Toshkent yoki Farg'onada bo‘lib o‘tadi. Bosh qahramonlar kitob o‘qiydigan, yolg‘iz odam yoki o‘ziga ancha to‘q xonadon a'zosi. Hikoyalardagi yigitlar esa tipik o‘zbek: yuvoshgina, o‘zi yoqtirgan va tanigan qiziga ham ikki og‘iz gapni eplab gapirolmaydigan, tasavvuri o‘qigan narsalaridan uyog‘iga o‘tmagan kishilar. Qiz qahramonlar chiroyli, did bilan kiyinadigan, o‘qimishli, lekin gapga chechenroq. Umuman olganda barchasi xayoliy va orzudagi kishilarga o‘xshaydi. Hayotga, haqiqiy tumushimizga unchalik mos kelmaydigan, bugungi kunni, hozirgi davr odamini yoritmagan hikoyalar juda ko‘p. Kitob 2020-yil nashr qilingan ekan. Hozir do‘konlarda ham topilmasa kerak. O‘zim internetda bir necha bor duch kelishlardan so‘ng olib o‘qidim. Balki menga yetib kelgunicha yoki sifat sabab muqovasi ajralib ketdi. Yuqorida bergan fikrlarim saviyali kitobxon ham bemalol payqay olishi mumkin bo‘lgan jihatlar. Yozuvchining boshqa kitoblarini o‘qib ko‘rmaganman. Qachondir qo‘limga tushib qolsa bu bilan solishtirib ko‘rishim mumkin. @quyoshtaraflarda
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily