#Ğazal_tahlili_dars Munis g‘azali, “G‘uncha”.Tabassumda ko‘rub rangin labingni nogihon g‘uncha,
Qilib diltanglik zohir, ichidin bo‘ldi qon
g‘uncha.Sabo tahrikidin, yo‘q, balki og‘zing sharmidin boshin
Quyi solmoqqa moyil bo‘lg‘usidur har zamon
g‘uncha.Ochiq chehrangni to ko‘rdi dema, ey, gul ochilmishdur,
Xijolat g‘oyatidin aylamish kulgu ayon
g‘uncha.Ko‘ngul tor og‘zinga bir xandada oldurdim, ey gulrux,
Kishi ko‘rganmu erkan bu sifat bir dilsiton
g‘uncha?Amonlik istasang bu bog‘ aro, xomush bo‘l doim
Ki, ofatdin emindur sirrin aylar to nihon
g‘uncha.Sening og‘zing xayolidin qilur ko‘nglum qushi nola,
Erur bois chu bulbul qilsa faryod-u fig‘on
g‘uncha.Ko‘ngul jam’iyati topsa xalal ermas, taajjubkim,
Emas bu bog‘ aro oshufta bo‘lmoqdin amon
g‘uncha.Nedur bu razmgoh ichra boshingga istamaklik xud
Ki, el xayli o‘qig‘a bordur avvalroq nishon
g‘uncha.Shitobon bo‘lma, rif’at qullasig‘a to kun ermassen,
Kamin aylab yotibdur yo‘lda sheri osmon,
g‘uncha.Fig‘onkim, barcha bu gulshan vidoidin emas emin
Ki, gah gul uzmak etmish da’b, gohi, bog‘bon
g‘uncha.Aning ruhsoru la’li o‘yla rangindurki, ey Munis,
Agar ko‘rsa, bo‘lur afsurda gul ham notavon
g‘uncha.Vazn:Ma-fo-iy-lun / ma-fo-iy-lun / ma-fo-iy-lun / ma-fo-iy-lun /
V – – – / V – – – / V – – – / V – – –
Hazaji musammani solim
O‘qilishi:Ta-bas-sum-da: / ko‘-rub-rang-gin / la-bing-ni:-no / gi-hon-g‘un-cha: /
Qi-lib-dil-ta: / ng-lik-zo-hir, / i-chi:-din-bo‘l / di-qon-g‘un-cha: /
Radif (qofiyadan keyin takrorlanuvchi so‘z): g‘uncha.
Qofiya: nogihon, qon, zamon, ayon, dilsiton, nihon, fig‘on, amon, nishon, osmon, bog‘bon, notavon.
Raviy: “n” undoshi.
Ridf: undoshdan raviydan oldin kelgan cho‘ziq unli – “o” unlisi.
Qofiya turi: muqayyad qofiya (qofiya raviy tovush bilan tugagani uchun).
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy