#Ğazal_tahlili_dars
Tahlil:
5. Labidin har nafaskim nuktayi dilkash bo‘lur zohir,
Sochilg‘on huqqayi yoqutdin serob injudur.
Lug‘at:
Nuktayi dilkash – nozik ma’noli so‘z
Huqqa – qimmatbaho toshlar solinadigan quticha
Nasriy bayon:
Har nafasda labidan dilga yoquvchi nozik so‘z paydo bo‘ladi, xuddiki yoqutdan yasalgan quttichadan behisob marvaridlar sochilgani kabi.
Badiiy san’atlar:
Tashbeh – yor labi yoqutdan yasalgan qutichaga, so‘zlari marvaridga o‘xshatilmoqda;
Tanosib – lab, so‘z / huqqayi yoqut, marvarid.
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy