#Ğazal_tahlili_dars
Tahlil:
10. Fig‘onkim, barcha bu gulshan vidoidin emas emin
Ki, gah gul uzmak etmish da’b, gohi, bog‘bon g‘uncha.
Lug‘at:
Da’b etmoq – odat qilmoq,
Vido – xayrlashish.
Nasriy bayon:
Fig‘onkim, barcha bu gulshan bilan vidolashmoqdan omonlikda emas. Chunki bog‘bon goh gul uzmoqni odat qilgan, goh g‘uncha.
Badiiy san’atlar:
Kalomi jome’ – shikoyat;
Tanosib – gul, g‘uncha, bog‘bon;
Ishtiqoq – gul, Gulshan;
Takrir – goh, goh.
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy