#Ğazal_tahlili_dars
Tahlil:
9. Shitobon bo‘lma, rif’at qullasig‘a to kun ermas sen,
Kamin aylab yotibdur yo‘lda sheri osmon, g‘uncha.
Lug‘at:
Shitobon bo‘lmoq – shoshuvchi bo‘lmoq,
Rif’at – yuksalish, baland martabalik,
Qulla – cho‘qqi, tog‘ cho‘qqisi,
Kamin – xilvat, pistirma.
Nasriy bayon:
Ey g‘uncha, to kun chiqmaguncha yuksaklik cho‘qqisiga chiqmoqqa shoshilma, osmon sheri yo‘lda yashirinib yotibdi.
Badiiy san’atlar:
Nido – g‘unchaga murojaat;
Istiora – osmon sheri.
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy