#Ğazal_tahlili_dars
Tahlil:
6. Sening og‘zing xayolidin qilur ko‘nglum qushi nola,
Erur bois chu bulbul qilsa faryod-u fig‘on g‘uncha.
Lug‘at:
Chu – kabi, o‘xshash, masalli; chunki, qachonki.
Nasriy bayon:
Ko‘nglum qushi sening og‘zingni xayol qilganda nola chekadi. Go‘yo bulbul faryod-u fig‘on qilsa, buning boisi g‘uncha bo‘lgani kabi.
Badiiy san’atlar:
Istiora – ko‘nglim qushi;
Tamsil – 2-misra dalil sifatida misol qilib keltirilmoqda;
Tashbeh – ko‘ngil bulbulga, ma’shuq og‘zi g‘unchaga o‘xshatilmoqda.
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy