#Ğazal_tahlili_dars
Tahlil:
1. Tabassumda ko‘rub rangin labingni nogihon g‘uncha,
Qilib diltanglik zohir, ichidin bo‘ldi qon g‘uncha.
Lug‘at:
Diltanglik – siqilmoq, g‘amli, qayg‘uli,
Zohir qilmoq – ko‘rsatmoq.
Nasriy bayon:
G‘uncha nogahon rangin labing tabassumini ko‘rib qolgach, g‘amga botdi va ichi-bag‘ri qon bo‘ldi.
Badiiy san’atlar:
Tazod – tabassum, diltanglik;
Epifora – misralar so‘ngida bir so‘z takrori: g‘uncha;
Tashxis – g‘uncha shaxslantirilmoqda;
Istiora – qon bo‘lmoq;
Husni ta’lil – g‘unchaning qizil rangli ekaniga yolg‘on dalil keltirilmoqda;
Tanosib – tabassum, lab.
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy