#Ğazal_tahlili_dars
Tahlil:
5. Amonlik istasang bu bog‘ aro, xomush bo‘l doim
Ki, ofatdin emindur sirrin aylar to nihon g‘uncha.
Lug‘at:
Emin – omon,
Nihon – yashirin.
Nasriy bayon:
Bu bog‘ aro omonlik istasang, doim xomush bo‘l. Chunki g‘uncha to sirrini pinhon tutar ekan ofatdan omon bo‘ladi.
Badiiy san’atlar:
Kalomi jome’ – nasihat;
Tamsil – 2-misra dalil sifatida misol qilib keltirilmoqda;
Istiora – bog‘ deganda umr, hayot, jamiyat nazarda tutilgan;
Tashxis – g‘unchaning sir saqlashi.
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy