#Ğazal_tahlili_dars
Tahlil:
2. Sabo tahrikidin, yo‘q, balki og‘zing sharmidin boshin
Quyi solmoqqa moyil bo‘lg‘usidur har zamon g‘uncha.
Lug‘at:
Sabo – mayin tong shamoli,
Tahrik – harakat,
Sharm – uyat.
Nasriy bayon:
G‘uncha mayin tong shamoli harakati sababli, yo‘q-yo‘q, balki og‘zingdan hayo qilgani uchun har zamon boshini quyi solmoqqa mayl qiladi.
Badiiy san’atlar:
Tashxis – g‘uncha shaxslantirilgan;
Husni ta’lil – g‘unchaning boshi egik ekaniga yolg‘on izoh keltirilmoqda;
Ruju’ – “yo‘q” so‘zi vositasida fikrdan qaytilyapti.
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy