#Ğazal_tahlili_dars
Tahlil:
1. Dema ul chehrayi gulrang uzra chashmi jodudur,
Xo‘tan gulzori ichra jilvagar sarmast ohudur.
Lug‘at:
Chashmi jodu – sehrlovchi ko‘z,
Xo‘tan – shahar nomi.
Nasriy bayon:
Yorning gulrang chehrasidagini sehrlovchi ko‘zlar dema, ular go‘zallar shahri – Xo‘tanning gulzorida jilva qiladigan sarmast ohudirlar.
Badiiy san’atlar:
Tashbeh – jodu ko‘zlar Xo‘tan ohusiga o‘xshatilmoqda;
Ishtiqoq – gulzor, gulrang;
Sifatlash (epitet) – jodu (chashm).
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy