#Ğazal_tahlili_dars
Tahlil:
3. Musaffo orazig‘a qatra xo‘ylarkim berur ziynat,
Tarovatbaxsh Eram gulzorida har yon suzuk suvdur.
Lug‘at:
Xo‘y – ter
Nasriy bayon:
Tiniq yuziga qatra terlar ziynat berayotgani yo‘q, balki tarovatbaxsh Eram gulzorida tiniq suvlar har yonga nozlanib oqmoqda.
Badiiy san’atlar:
Tashbeh – ma’shuq jamolidagi ter Eram bog‘ining suviga tashbeh etilmoqda;
Sifatlash (epitet) – suzuk (suv);
Talmeh -- Eram boği.
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy