#Ğazal_tahlili_dars
Tahlil:
1. Bo‘yung sarvi ravondur – jongʻa loyiq,
Ne bir bog‘-u, ne bir bo‘stong‘a loyiq.
Lug‘at:
Sarv – tik o‘suvchi daraxt,
Loyiq – mos, munosib.
Nasriy bayon:
Bo‘ying hech bir bog‘ va hech bir bo‘stonga loyiq bo‘lmagan shunday bir sarvi ravondirki, u faqatgina jonga loyiqdir!
Badiiy san’atlar:
Tashbeh – ma’shuq qomati sarvga o‘xshatilmoqda;
Takrir – ne bir;
Epifora – loyiq;
Tanosib – bog‘, bo‘ston, sarv;
Kitobot – “jonga loyiq” deganda “jon” so‘zi ichidagi “alif”ga ishora qilinmoqda.
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy