#Ğazal_tahlili_dars
Tahlil:
2. Emas mushkin qoshi ko‘z uzrakim, aylab havoyi sayd
Hamul ohu uza parvoz ko‘rguzgan itolg‘udur.
Lug‘at:
Sayd – ov,
Hamul – xuddi o‘sha; sabr, chidam,
Itolg‘u – bir turli ovchi qush.
Nasriy bayon:
U ko‘zlar ustidagi qora qoshlar emas, balki o‘sha ohu ustida uni ovlamoq uchun parvoz qilayotgan ovchi qush – itolg‘ulardir.
Badiiy san’atlar:
Tashbeh – yor ko‘zlari ohuga, qoshlari esa itolg‘uga o‘xshatilmoqda;
Tanosib – ko‘z, qosh / sayd, itolg‘u.
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy