#Ğazal_tahlili_dars
Tahlil:
7. Yetar har lahza mujgoni xayoli jon aro, vahkim,
Olardur jonsiton o‘qlar, bu ul o‘qlarg‘a qobudur.
Lug‘at:
Mujgon – kipriklar,
Qobu – kamonning oraliq qismi,
Jonsiton – jon oluvchi.
Nasriy bayon:
Kipriklari xayoli har lahza jonim aro sanchiladi deb vahimaga tushaman, ulardur go‘yo jon oluvchi o‘qlar, ko‘nglim esa u o‘qlarga qobudur.
Badiiy san’atlar:
Tashbeh – yor kipriklari o‘qlarga, oshiq ko‘ngli qobuga o‘xshatilmoqda;
Izdivoj – mujgon, jon;
Takrir – o‘q;
Tanosib – o‘q, qobu;
Ishtiqoq – jon va jonsiton.
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy