#Ğazal_tahlili_dars
Tahlil:
4. Emastur obihayvon chashmasida ruhparvar mavj,
Labi shirini izhor aylagan jonbaxsh kulgudur.
Lug‘at:
Obihayvon – tiriklik suvi,
Mavj – to‘lqin.
Nasriy bayon:
Tiriklik suvi chashmasidagi ilhomparvar to‘lqin emas, balki shirin labi hadya qilgan jonbaxsh kulgudir.
Badiiy san’atlar:
Tashbeh – yor labi tiriklik chashmasiga, kulgichi chashma to‘lqinlariga o‘xshtilmoqda;
Tanosib – chashma, mavj.
Odiljon Rahmatulloh
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy