#Ğazal_tahlili_dars
Atoyi g‘azali: “Loyiq”
Bo‘yung sarvi ravondur – jongʻa loyiq,
Ne bir bog‘-u, ne bir bo‘stong‘a
loyiq.
Ne shabnam donasidur tishlaringkim,
Bo‘lubtur g‘unchayi xandonga loyiq.
Xayolingg‘a ko‘ngulda jon berurmen,
Aziz tuhfa erur mehmongʻa loyiq.
Menum ko‘nglumdasen, ey husn ganji,
Bale, har ganj erur vayrong‘a loyiq.
Topilmas jumla olamda meningtek
Gadoyi mustahiq ehsong‘a loyiq.
Tabib-o, dardi sar berma mangokim,
Mening dardim emas darmong‘a loyiq.
Atoyi so‘zin, ey sultoni husn, ol
Ki, derlar: “Yaxshi dur sultong‘a loyiq”.
Vazn:
V – – – / V – – – / V – –
Ma-fo-iy-lun / ma-fo-iy-lun / fa-uv-lun /
Hazaji musaddasi mahzuf
O‘qilishi:
Bo‘-yung-sar-vi: / ra-von-dur-jon / gʻa-lo-yiq, /
Ne-bir-bo-g‘u: / ne-bir-bo‘s-ton / g‘a-lo-yiq. /
Radif: “loyiq” so‘zi.
Qofiya: jongʻa, bo‘stong‘a, xandonga, mehmongʻa, vayrong‘a, ehsong‘a, darmong‘a, sultong‘a.
Raviy: “n” tovushi.
Qofiya turi: Mutlaq qofiya.
Ridf: “o” unlisi.
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.center/navoiyshunoslik_rasmiy