💭 shunchaki o‘ylar— Marvel filmlari yildan yilga yomonlashib boryapti, deymizu, lekin baribir yangi film-seriallari chiqsa ko‘raveramiz. Muxlislik qursin;
— Eng jumboqli rejissyor David Linch ham vafot etdi;
— Har safar gugldan yuzta eng yaxshi kitob, BBC talqiniga ko‘ra eng yaxshi asarlar ro‘yxatini ko‘rsam, siqilib qo‘yaman. Dunyoda biz o‘qishimiz shart, lekin ulgurishimiz gumon bo‘lgan kitoblar bisyor;
— Hayotda hech narsaga shoshmaslik kerakligini, barchasining o‘z vaqti borligini tushunib yetyapman;
— Bizda bookblogerlarni qo‘llab-quvvatlash yaxshi ishlamaydi. Agar ularga ham e’tibor qaratilsa, jamiyat rivojiga anchagina katta hissa qo‘sha olishiga ishonaman;
— Bizda rostdan ham kitob o‘qiydigan insonni qanday tasavvur qilish shabloni bor, ishoning, hamma kitobxonlar ham stereotipga mos kelavermaydi;
— Bugun Jim Kerri 63 ga kirdi. Uyam katta bir epoxa;
— Haqiqatan ham Tom Kruz Temir Odam rolini o‘ynarmikan? )
— Kinoni birga ko‘rib, uni muhokama qiladigan insoning bo‘lsin;
— Ichingdagi qo‘rquvni yenga olsang, ko‘p narsalarga qodirsan, do‘stim;
— Instagramimdagi reelslarda chiqib keladigan “blogerlar”ga qarab, har safar bundan ortiq tubga tushmasak kerak deyman. Lekin har safar gapim xato bo‘lib chiqaveradi;
— Aslida hammasi oddiy, lekin biz uni murakkablashtirib tashlashga ishqibozmiz;
— Kitob o‘qi, do‘stim, boshqalar gapiraveradi. Seni, meni, bizni qutqaradigan narsa — ilm.
@marufjonblogi