View in Telegram
📋 1185-yilda Yaponiya imperatorligi taxtiga 7 yoshli Antoku ismli bola keladi. U Xeyke nomli samuraylar sulolasining rasmiy vakili edi. Bu sulola Gendzi atalashmish boshqa sulola bilan uzoq va qonli urush olib borgan. Har ikki sulola ham imperatorlik taxtiga vorislik huquqini da’vo qilgan. Hal qiluvchi jang esa 1185-yil 24-aprelda Dannoura degan joyda bo‘lib o‘tadi. Jangda Xeyke sulolasi yengiladi. 7 yoshli imperator esa o‘zini suvga tashlab, halok bo‘ladi. Baliqchilarning aytishicha, Xeyke sulolasi samuraylari qisqichbaqaga aylanib, dengiz tubida suzib yurarkan. Ba’zan dengizdan tutilgan qisqichbaqalarning orqasida samuray yuziga o‘xshash g‘alati bo‘rtma belgilar topilgan. Bunday qisqichbaqalar iste’mol qilinmagan va Dannouradagi qayg‘uli voqea yodga olinib, dengizga qayta qo‘yib yuborilgan. Bu nima degani? Borib, borib, oddiy qisqichbaqalar iste’mol qilinavergan va qandaydir tasvirni eslatuvchi belgiga ega bo‘lganlari esa dengizga qaytarilavergan. Bu jarayon sun’iy tanlov deyiladi. Xeyke samuraylarini eslatuvchi qisqichbaqalar beixtiyor ravishda iste’mol qilinmagan. Ming yillar mobaynida insonlar qaysi o‘simlik va hayvonlarning yashashi, qaysilari esa nobud bo‘lishi kerakligini ongli ravishda tanlab kelgan. @marufjonblogi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily