Hammasi shundan boshlangan edi...
2019-yil 14-noyabr kuni ilk bor
YouTube kanalimga video joylagan edim. Siz yuqorida ko‘rib turgan video aynan o‘sha. Sifat haqida gapirmayman, zero haligacha prof kameralar bilan, prof mikrofonlar bilan ishlamayapman. Shunchaki ibtido haqida so‘zlamoqchiman. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, unda
Motivational Speaker degan kanalim va YouTube’da psixologiyaga oid videolar qilishim haqida gapirganman. O‘sha vaqtda talaba edim, maqsadlarim boshqacha edi. Vaqt o‘tib, kanalimni yo‘nalishini o‘zgartirdim, endi
kitoblar va kinolar haqida gapira boshladim. Albatta, bu psixologiya mavzusidan yiroqlashdim degani emas. Eng katta maqsadim, shu uchalasidan ajoyib bir miks tayyorlash. Bu uchun esa qadamlar bosilyapti va hali o‘sha orzu qilingan cho‘qqiga chiqiladi.
@marufjonblogi