❌Diqqat postda spoyler mavjud. Agar filmni ko‘rmagan bo‘lsangiz, postni o‘qishni maslahat bermayman🎥 Yaqinda Get Out (“Qochib qol”) filmini tomosha qildim. Unda afro-amerikalik fotograf Kris o‘zining oq tanli qiz do‘sti Rouzning oilasi bilan tanishish uchun ularning uyiga boradi. Dastlab Krisga u oilaning mehribonchiligi erish tuyuladi. U o‘zini tinimsiz kuzatib turgan nigohlarga duch keladi.
Film odamning erkinlik va shaxsiyati nazorat qilinishi borasidagi chuqur mavzuni olib chiqqan. Kris uning ruhiy va jismoniy holatini boshqarishga urinayotgan dahshatli tizimga tushib qoladi. Bu tizim irqiy farqlarni yuzaga keltirib, insonning tanasi va ongini ajratib qo‘yishga intiladi. Film davomida Kris o‘z ongini saqlab qolish uchun o‘lim bilan yuzma-yuz keladi va o‘z qobig‘idan chiqib, o‘zligini himoya qilishga majbur bo‘ladi.
Ushbu kino insonning psixologik manipulyatsiyaga qarshi kurashini tasvirlaydi. Filmni ko‘rish davomida nafaqat qo‘rquv, balki chuqur o‘ylar ham sizga tinchlik bermaydi.
@marufjonblogi