1922-yildagi film va “Drakula” romanidan ilhomlangan Robert Eggersning yangi horrori e’tiborga arziydi. Film tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan ham ijobiy baholangan.
Benedikt Kamberbetch Doktor Strenj “Qasoskorlar: Qiyomat kuni”da ishtirok etmasligini aytib o‘tdi. Film premyerasi 2026-yilga mo‘ljallangan. Aktyor o‘zining personaji tanaffus olishini va “Qasoskorlar: Maxfiy urushlar” filmida asosiy qahramonlardan biri bo‘lishini ta’kidladi.
“Bu spoylermi? Menga farqi yo‘q!”, — deb qo‘shib qo‘ydi Benedikt Varietyga bergan intervyusida.
🎞 Uzoq-uzoq galaktikada aktyorlar tarkibi yana kuchaymoqda. The Hollywood Reporter’ning xabar berishicha, Rayan Gosling“Yulduzlar jangi” olamining bir qismiga aylanishi mumkin.
Hozircha loyiha haqida hech qanday ma’lumot berilmadi, lekin u alohida film bo‘lishi aniq. Rejissyor esa Shon Levi (“Dedpul va Rosomaxa”) bo‘lishi kutilmoqda.
Agar tomonlar kelishuvga erishsa, loyihaga start beriladi. Syomka esa kuzda boshlanadi.
Bill Skarsgard graf Orlok rolini o‘z faoliyatidagi eng dahshatli va murakkab rol deb ta’rifladi.
Ushbu vampir obrazini yaratish uchun aktyor har kuni 6 soat grim stulida o‘tirar, ovoz tembrini pasaytirish uchun esa bir necha vokal darslarini olgan edi. Kerakli natijaga erishish uchun uning yuziga 10 ga yaqin, tanasiga esa 60 ta protez qo‘llanilgan. Bular ustida ishlash haqiqiy san’at darajasida bo‘lib, obrazni yaratishda bir vaqtning o‘zida 16 ta mutaxassis mehnat qilgan.
Aytgancha, “Nosferatu” allaqachon platformalarga chiqqan va biz uni kecha ko‘rib chiqdik. Atmosferasi yaxshi, lekin voqealar rivoji juda cho‘zib yuborilgandek taassurot uyg‘otdi.
“Uddalab bo‘lmas topshiriq 8” filmi tomoshabinni oxirgi soniyalarga qadar hayajonda ushlab turadi!
Rejissyor Kristofer Makkuorrining fikriga ko‘ra, franshizaning navbatdagi qismi muvaffaqiyatli chiqqan. Test uchun tomosha qilgan muxlislardan biri o‘z taassurotlari bilan bo‘lishgan: “Men ekshn-sahnalar davomida deyarli nafas olmadim va yurak xurujiga uchrashimga oz qoldi”. Bu so‘zlar esa Kristoferning qulog‘iga yetib borgan va kartina rejissyori barchasini to‘g‘ri qilganiga ishonch hosil qilgan.
“Uddalab bo‘lmas topshiriq: Yakuniy hisob” filmining premyerasi 23-may sanasida bo‘lib o‘tadi.
Itan Hant haqidagi filmlar doim meni qiziqtirib kelgan. Shu vaqtgacha chiqqan barcha 7 ta film menga yoqqan.
Multfilm Disneyning 2024-yildagi premyeralari ichda kassa yig‘imlari milliarddan oshgan uchinchi relizga aylandi. Bunga qadar Dedpul va Rosomaxa 1,3 milliard dollar, Boshqotirma 2 esa 1,6 milliard dollar yig‘gan edi.
Insayder Daniel Rixtmanning so‘zlariga ko‘ra studiya allaqachon Moananing 3-qismi ishlanishiga ruxsat bergan.