YouTube kanalimda ko‘rayotgan videolaringiz deyarli yarmi. Qolgan yarmini esa shunchaki qulflab qo‘yganman. Ular qachondir ochiladimi-yo‘qmi, bu savolga javob o‘zimda ham yo‘q. Hozir esa stabillikni (o‘zimda umuman bo‘lmagan narsani) sinab ko‘rish bilan ovoraman. Har hafta bitta video chiqarish. Muntazam bu ish bilan shug‘ullanish esa, albatta, tajribaga katta hissa qo‘shadi. Va o‘zim sevgan hobbi bilan shug‘ullanish zavqini ham.
@marufjonblogi