View in Telegram
Bundan bir necha yillar avval bir kitob do‘koniga borib, yangi tarjima bo‘lgan kitobni ko‘rib hayron qolgan edim. 150 bet ham chiqmasdi. Vaholanki, u kitobni asli 400 betdan oshishini bilardim. Nega bunaqa qisqartirib tarjima qilingan desam, “kerakmas joylari olib tashlangan, qiziq syujetlar qolgan” degan gapni eshitgandim. Nima? Kitobga nisbatan bu qadar munosabatda bo‘lish? Endiyam ko‘ryapmiz, ba’zi “boshog’riqlar”dan qochish maqsadida kitobni qisqartirish, kerakmas deya hisoblangan joylarini olib tashlashni, jamiyatimizga mos kelmaydi deb ayovsiz senzura qilinayotgan kitoblarni. Kitobni istagan ko‘ylariga solishyapti. O‘zbek tiliga tarjima qilinayotgan kitoblardan rosti odam hadiksirashga tushib qolyapti. @marufjonblogi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily