View in Telegram
Siz suratda ko‘rib turgan inson Jordan Pil. Yaqin kunlarda uning rejissyorligidagi barcha filmlarni ko‘rib chiqdik. O‘zi 3 filmda rejissyorlik qilgan. Har uchalasi ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. “Qochib qol” (Get out) filmida irqiy kamsitish mavzusiga qo‘l urgan bo‘lsa, “Biz” (Us) filmida inson soyalarini ramz sifatida olgan va unda ichki qo‘rquv va ongostida yotgan xayoliy harakatlarni ko‘rsatib bergan. Shuningdek, filmda bizning alter-egomiz o‘zimizdan ancha farq qilishi mumkinligini ham ko‘rishimiz mumkin. Uchinchi film “Yo‘q” (Nope) esa men yaxshi ko‘radigan o‘zga sayyoraliklar, NUJ mavzulari ko‘tarilgan. Ko‘tarilganda ham juda ajoyib uslubda olib chiqilgan. So‘ngiga qadar sizni hayajonda ushlab tura oladi. Odatiy fantastikalardan tubdan farq qiladi. Pil o‘z filmlari rivojini juda sekin olib boradi va keyinchalik syujet sizni ekranga mixlab qo‘yadi. Ha aytgancha, kino davomida turli “otsilkalar” berib boradi va yakunda pazlni yig‘adi. Xulosalar esa har kimning o‘zida qoladi. @bookinoman1
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily