#mulohaza “Импортный бомж” boʻling...Bir gal
doʻstim Nurmuhammad bilan suhbatlashayotib, tarmoqlarda mashhur boʻlgan Importniy bomj haqida gap ochildi. Shunda Nur bu kishi haqida post yozishga vaʼda bergandi. Qarasam, hali yozmabdi. Na iloj, vazifani oʻzim ado qilaman.
Gapni choʻzib oʻtirmayman. Biz bekorga Importniy bomj, yaʼni Tohir akani eslamagandik. Unda oʻziga xoslik bor. Lavhalarda koʻzingiz tushgandir,
“man importniy bomjman, toza yuraman, kiyimlarim toza” deb rosa taʼkidlagan. Shuning ortidan mashhurlikka erishdi. Reklamalarda ishtirok etyapti hatto.
Xoʻsh, buning sababi nima? Juda oddiy: Tohir akaning
oʻzbahosi (siz tushunadigan tilda aytsam, “
самооценка”si) ancha baland. Odam qanaqa sharoitda boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻzbahosi uni boshqalardan bir bosh baland koʻrsata oladi. Buni Tohir aka misolida koʻrdik. Yoʻqsa shaharda bomj zoti kammi?
Bilimingiz har qancha chuqur boʻlmasin, isteʼdodingiz olamshumul boʻlmasin, salohiyat va tajribangiz yuqori boʻlmasin, oʻzbahongiz past boʻlsa, boshqalar nazdida hamma qatori kishiga aylanib qolasiz. Shuncha mahoratingizga yarasha oʻzingizga ishonsangiz, qadringizni bilsangiz, toʻgʻri baho berolsangiz hatto bomj boʻlsangiz ham jozibali (xarizmatik) koʻrinasiz, simpatiya bilan qarashadi.
Ammo oʻzingizga haddan ortiq baho bering, kibor boʻling deyishdan yiroqman. Shunchaki imkoniyatingizni toʻgʻri baholang, qadri past, qiymati arzon kishiga aylanmang. Barchangizga bayram tilagim: Tohir akadan oʻrnak oling, importniy bomj boʻling!
P.S: shiki-shiki baba, enno fatme enno fa!
@usmonosphere