View in Telegram
#manzilsiz_maktublar Ogʻriqli maktublardan yana birini eʼtiboringizga havola etaman: ☃️ У тебя новое анонимное сообщение! Oyijon, bilasizmi, sizning o‘rningiz juda bilinyapti. Ko‘rsatuvlarda ko‘rardim, kimningdir onasi yo‘q edi va kimdir bilmasdan undan onasiga yaxshi ko‘rishini aytishini so‘ragandi va haqiqatni bilgach, uzr so‘ragan edi. Onasiz insonning ko‘zlari namlanib,  kayfiyati tushib ketganini ko‘rib hayron qolardim (u paytlari yosh edim-da, ona). Endi tushunyapman, ich-ichimdan his qilyapman, bu... bu...bu juda yomon tuyg‘u ekan. Bilasizmi, siz hayotlik paytingizda "menga hech kim kerak emas, yigitlarsiz ham, dugonalarsiz ham mustaqil yashay olaman" deb o‘ylardim. Endi tushundim, o‘sha paytda yonimda siz bo‘lganingiz uchun men o‘zimni kuchli his qilar ekanman. Hozir yonimda dadam bor, ammo qiz bola uchun baribir ona eng yaqin sirdosh bo‘larkan. Oyi, ko‘nglingiz juda sezgir ekan-a, hayotlik paytingizda kimnidir yoqtirmaganingizda, u unaqa odam emas-ku derdim. Hozir hammasini tushundim, nega yoqtirmaganingizni tushundim, oyi. Siz farishta ekansiz. Faqat birgina armonim siz bilan so‘nggi marta vidolasholmaganim... Sizga hech qachon aytmaganman, lekin men sizni juda yaxshi ko‘raman. @usmonosphere
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily