Mullo bobo (yaʼni dadam) oʻzim bilan opkelgan kitoblarni olib birma-bir varaqlab chiqyaptilar. Ora-orada manavi yerida xato yozilgan ekan deb qoladi. Qarayman, chindan ham oʻsha joyda imlo xatolari oʻtgan boʻladi.
Qizigʻi, Mullo bobomiz 63 yoshda, kirill yozuvida savodi chiqqan. Lotin yozuvini yaqin yillarda oʻrgangan.
Oʻtgan safar ham “Tadorik”dan
xato topgandilar. Bunaqada hozir chiqayotgan baʼzi kitoblarni uyga koʻtarib kelishgayam uyalib qolasan kishi.
P.S: kelajakda nashriyot ochsam, bosmaga berishdan oldin dadamga oʻqitaman shekilli kitoblarni
@usmonosphere