#ajabtovur
Kecha uyga qaytgandim. Dadam
“qani anavi chiqqan kitobingni opkel-chi, ozroq oʻqiylik” dedi. Xoʻp, deb tutqazdim. Koʻzi uncha oʻtmasa ham, fonar yorugʻida oʻqiyotgan dadam birdan
“iye, manavi yerda xato yozmaganmi, qara” deb qoldi.
“Suqlik emas, suyuqlik boʻlishi kerak-ku. Nashriyotdagilar xato qilib qoʻyganmi, san toʻgʻri yozib beruvmiding?” deb soʻradi.
Qarasam, rostan xato oʻtib ketgan ekan. Men eʼtiborsizlik qilib xato yozibman, undan keyin ham nashriyotda musahhih qaramagan ekan shekilli. Ha, xato oʻtib qopti-ku, dedim.
“Borib nashriyotga ayt, hatto dadam shu xatoni topdi, bunaqa qilmanglar, deb tayinla” dedi dadam. Xoʻp, dedim.
Maʼlumot oʻrnida, dadam oltmishdan oshgan, savodi kirill yozuvida chiqqan, tagʻin tojik tilida taʼlim olgan. Lotin yozuvini oʻqishga qiynaladi, koʻzi ham xira. Oliy taʼlimning yaqiniga ham bormagan (sharoit sabab).
Lekin haliyam zehn-zakovati oʻtkir. Keyingi kitoblarni dadamga korrektura oʻqitsammikin-a?
@usmonosphere