(قَالَ رَبُّنَاٱلَّذِىٓ أَعطَىٰ كُلَّ شَىءٍخَلقَهُ،ثُمَّ هَدَىٰ ٥٠)
"Aytadi: "Robbimiz har bir narsaga oʻz yaratuvchiligini ato etib (koʻrsatib), soʻngra (uni) toʻgʻri yoʻlga yoʻllagan Zotdir"deya marhamat qilinadi. (Toha surasi 50-oyat)
Iroq tarafga borib, qaror topgan odamlar jamoasi Shin’or nomli pasttekislikka joylashdi. U yerda ularning hayoti yaxshilandi. Qadrlari baland, darajalari yuqori bo‘ldi va «sumariylar» degan nom bilan tanildilar. Ular asosan ziroatchilik bilan shug‘ullanishdi, to‘g‘onlar qurishdi. Ularning yaqinidagi yerlarga boshqa bir qavm ham joylashib, ko‘paya boshladi. Ularga poytaxt bo‘lgan shaharning nomi Akkod bo‘lib, keyinchalik bu qavm «akkodiylar» degan nom bilan tanildi.
Ulardan ba’zilari mazkur joyning sharqiy tarafidagi tepaliklarga ko‘chib o‘tishdi va Susa degan shaharni barpo etishdi. Bu xalq tarixda «iylomiylar» nomi bilan ma’lum va mashhur bo‘ldi.
Keyinchalik samuriylar mintaqada eng kuchli davlatga aylandi. Ularning eng mashhur podshohlaridan biri Sarjun ismli odam bo‘lgan. Mashhur shaharlaridan biri esa Ur deb nomlangan. Haykallarga va yulduzlarga ibodat qiluvchi mazkur kishilar uzoq yillar zalolatda qolib ketishdi.
Alloh taolo Nuh alayhissalomning duolarini qabul qildi.
«Va Nuhga vahiy qildikki: «Qavmingdan iymon keltirganlardan boshqa hech kim iymon keltirmas va ularning qilmishlaridan qayg‘uga tushmagin. Bizning rioyatimiz va vahiyimiz ila kema yasagin hamda zulm qilganlar to‘g‘risida Menga gap ochmagin, albatta, ular g‘arq qilinuvchilardir» (Hud surasi, 36-37-oyatlar).
Nuh alayhissalom Alloh taoloning amriga binoan ulkan kema yasadilar.
To‘fon yaqinlashdi
Mana, o‘sha va’da qilingan vaqt ham keldi:
«Nihoyat, amrimiz kelib, tannur favvora otganda: «Unga (kemaga) har bir (tur)dan bir juftdan va avval u haqda so‘z ketgan kimsadan boshqa ahlingni va iymon keltirganlarni ham ol», dedik. U bilan birga iymon keltirganlar juda oz edi» (Xud surasi, 40-oyat).
To‘fon dahshatli tus olib kelardi. Nuh alayhissalom va sheriklari najot kemasiga minganlaridan so‘ng kema ularni tog‘lardek bo‘lib, mavj urayotgan to‘lqinlar ustida olib keta boshladi.
Allohning azobi kelgandan keyin kofirlarning birortasini hech kim, hech narsa qutqara olmadi. Faqat Alloh O‘zi rahm qilgan bandalarini najot kemasida kutqarib qoldi.
Vaqti-soati yetib, to‘fon tinchidi. Dunyoni sukunat chulg‘adi.
Tarixchilarning ta’kidlashlaricha, najot kemasida Nuh alayhissalom bilan birga sakson kishi o‘z oilalari bilan bo‘lgan. Ular kemada bir yuz ellik kun kolganlar.
Nuh alayhissalom mustaqil shariat ila kelgan birinchi rasul-payg‘ambar bo‘ldilar.
Nuh alayhissalom shirkdan ogohlantirgan birinchi payg‘ambar bo‘ldilar.
Nuh alayhissalom «payg‘ambarlarning shayxi» nomini oldilar.
Nuh alayhissalom eng ko‘p umr ko‘rgan inson va payg‘ambardirlar.
Tarixchilarning ta’kidlashlaricha, u zot Makkai mukarramada Masjidul Haromning yaqiniga dafn qilinganlar.
Nuh alayhissalomning o‘g‘illaridan biri bo‘lmish Som va uning farzandlari Arabiston yarimoroli tomonga yurdilar. Homning o‘g‘illari janub tarafga – Iroq tomon yurdilar va o‘sha yerlarning atroflariga joylashdilar. Nuh alayhissalomning Yofas ismli o‘g‘illari va uning zurriyoti sharq tomonga, bir qismi esa g‘arb tomonga harakatlanishdi. Boshqalar esa turli taraflarga tarqalib ketdi.
Mazkur holat Nuh alayhissalomning sarkash qavmga qilgan da’vatlarining sodda bir ko‘rinishi, xolos. Aslida u zot uzoq vaqt turli sharoitlarda da’vat olib borganlar.
Bu haqda imom Jaloliddin Suyutiy «Ad-durrul mansur fit-tafsir bil ma’sur» kitobida Ibn Abbos roziyallohu anhudan quyidagilarni rivoyat qiladilar:
«Alloh taolo Nuh alayhissalomni qirq yoshida payg‘ambar qilib yubordi. U o‘z qavmini ellik yil kam ming yil Allohga da’vat qildi. U to‘fondan keyin oltmish yil yashadi. Odamlar ko‘payib, keng dunyo torlik qildi».
Bir odamning ming yildan ortiq hayot kechirgani ko‘plarga g‘alati tuyulishi mumkin. Lekin bu inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Qur’oni Karimda kelgan xabarni inkor qilgan odam kofir bo‘ladi. Ayni choqda, bu hol aql tarozisida tortsa bo‘ladigan oddiy bir ish. Qadimgi kishilar uzoq umr kechirgani hammaga ma’lum. Buning ustiga, oz sonli jonzotlarning umri uzun, adadi ko‘plarniki qisqa bo‘lishi ham tajribada ko‘rilgan. Nuh alayhissalom insoniyat to‘fon tufayli qirilib ketgan bir davrda yashaganlari e’tiborga olinsa, bunday uzoq umr ko‘rish oddiy bir hol ekani bilinadi.
Nuh alayhissalom turli yo‘llar bilan to‘qqiz yuz ellik yil da’vat qilsalar ham, ozgina qavmdan boshqalar iymonga kelmadi. Bunday holda ko‘plar sinovga dosh bera olmay, qaytib ketishi ham mumkin. Ammo haqiqiy iymon sohiblari o‘z iymonlaridan qaytmaydilar. Nuh alayhissalomning davrlarida ham shunday bo‘ldi. Nuh alayhissalom va u zotga iymon keltirganlar iymonlarida sobit qoldilar.
Shunda Nuh alayhissalom o‘z ishlarini, dardu hasratlarini to‘kib soldilar.
Alloh taolo Nuh surasida marhamat qiladi:
«Nuh dedi: «Robbim, ular menga isyon qildilar va moli, bola-chaqasi ziyondan boshqani ziyoda qilmaganga ergashdilar. Va nihoyatda katta makr qildilar. Va ular: «Ilohlaringizni hech tark qilmanglar va Vaddni ham, Suvo’ni ham, Yag‘usni ham, Ya’uqni ham va Nasrni ham tark qilmang», dedilar» (21-23-oyatlar).
Rivoyatlarda kelishicha, Vadd, Suvo’, Yag‘us, Ya’uq va Nasrlar solih, taqvodor kishilar bo‘lishgan. Odamlar ularni nihoyatda yaxshi ko‘rib, hurmat qilishgan. Vaqti-soati yetib, ular vafot etib ketishgach, odamlar shayton vasvasasiga uchib, ularning suratlarini chizishgan, so‘ng haykallarini yasab olishgan. Ular ziyorat qilingan va asta-sekin ularga dardu hasratlar aytiladigan bo‘lgan. Oqibatda vaqt o‘tib, ularga iloh deb qaralgan va ibodat qilingan.
Nuh alayhissalomning duolari
Umid uzilgandan keyin Nuh alayhissalom o‘zlarining mashhur duolarini qildilar:
«Darhaqiqat, ular ko‘plarni adashtirdilar. Va Sen zolimlarga zalolatdan boshqani ziyoda qilma» (Nuh surasi, 24-oyat).
Nuh alayhissalomning duolari qabul bo‘ldi. Alloh taolo kofirlarni bitta ham qo‘ymay halok qildi, chunki ular insoniyat badaniga tushgan qorason kasali kabi ediki, ularni kesib tashlamasa bo‘lmasdi.
O‘sha zamonda yashagan kishilar ichida boylar, zodagonlar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, Alloh taolo Nuh alayhissalomni payg‘ambar qilib tanladi. Nuh oliyjanob, solih, aqlli, halim, to‘g‘riso‘z, omonatli, mehribon odam edi.
Alloh taolo u zotga vahiy yuborib, qavmini dinga chaqirishga buyurdi. Nuh alayhissalom: «Men sizga payg‘ambar bo‘ldim», deb qavmiga murojaat qilganlarida, ba’zilar: «Bu qachondan beri payg‘ambar bo‘lib qolibdi? Kechagina biz bilan yurgan edi-ku!» deyishdi.
Mutakabbir boylar esa: «Alloh shu qashshoqdan boshqani topa olmabdi-da, nima, boshqalar o‘lgan ekanmi?» deyishdi.
Yana boshqa birovlar: «Nuh shu yo‘l bilan obro‘ topmoqchi, boshliq bo‘lmoqchi», deyishdi.
Shunday qilib, Nuh alayhissalom o‘z qavmini iymonga chorladi. But-sanamlarni tark etib, Allohga ibodat qilishga da’vat eta boshladi.
Bu holatni Alloh taolo Nuh surasida quyidagicha bayon etadi:
«Biz Nuhni: «Qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantir», deb o‘z qavmiga rasul qilib yubordik» (1-oyat).
Nuh alayhissalom Iroqning janubida, hozirgi Kufa shahri joylashgan hudud atrofida yashagan aholiga payg‘ambar qilib yuborilganlar.
Nuh alayhissalom «rasullarning shayxi» deb ham ataladilar, chunki u zot besh «ulul azm» (sabot-matonatli) payg‘ambarlardan biridirlar.
Nuh alayhissalomning da’vatlari
Nuh alayhissalom amri ilohiyni bajarishga, o‘z qavmlarini Alloh taoloning diniga da’vat qilishga kirishdilar. U zot qavmlarini Allohning diniga da’vat qilishda barcha imkoniyatlarni ishga soldilar.
Avval maxfiy, keyinroq oshkora, oxirida ham oshkora, ham maxfiy da’vat qildilar. Shu bilan birga, ularni qiziqtirish uchun dindorlikdan bu dunyoning o‘zidayoq keladigan foydalarni ham zikr qildilar. Ammo sarkash qavm o‘z payg‘ambarining da’vatini qabul qilmadi, turli nobakorliklarda davom etdi.
Ana shunda Alloh taolo adashgan bandalariga rahm qi-lib, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishi uchun paygambar yubo-rishni iroda qildi.
Parvardigor bu paygambar odamlarning o‘zlaridan bo‘li-shini xoxdadi, chunki payg‘ambar Alloh taoloning farmonla-rini kishilarga yetkazish bilan birga o‘z hayotiga tatbiq qi-lib, o‘rnak bo‘lishi ham zarur edi. Agar payg‘ambar farishta bo‘lsa, odamlar: «Bu farishta. Uning bizdan ustunligi bor. Shuning uchun farmonlarni bajarishi ham oson, biz esa ba-jara olmaymiz», deya bahona qilishlari mumkin edi. Shuning uchun Alloh taolo odamlarga o‘zlaridan chiqqan, o‘zlariga o‘x-shash bir odam payg‘ambar bo‘lsa, bunday bahonani pesh qila olmaydilar, degan hikmat bilan shunday iroda qildi.
Shis va Idris alayhissalomlar nabiy sifatida o‘z qavm-larining xatolarini tuzatishga, to‘g‘ri yo‘lga boshlashga ha-rakat qildilar, ammo ulardan keyin ahvol yanada og‘irlashdi. Alloh taolo yana yangi payg‘ambar yuborishni iroda qildi.
Alloh taolo Odam Atoni jannatdan yerga tushirgach, uning zurriyotiga baraka berdi. Ular tezda ko‘payib ketdilar, kasb-kor o‘rgandilar. Ular Odam Atoga kelgan dinga e’tiqod qilib, yagona Allohga ibodat qilib yashay boshladilar. Odam alayhissalom avlodlarini to qiyomatgacha xayrli ishlardan qaytarishga ont ichgan shayton bu holga toqat qila olmadi. Kishilarni shirkka chakirish, but-sanamlarga ibodat qildirish payiga tushdi. Odam Atoning dastlabki avlodlari ichida Allohdan qo‘rqadigan, taqvodor, solih kishilar bor edi. Atrofdagilar ularni yaxshi ko‘rishar, hurmat qilishardi. Vaqti-soati yetib, ular olamdan o‘tganlaridan so‘ng shayton qolgan kishilarni: «Agar sizlar vafot etgan solih kishilarni haqiqatda yaxshi ko‘rsangiz, ularni eslab turishni xohlasangiz, suratlarini chizib qo‘ying, ertayu kech ko‘rib turasizlar», deya vasvasa qila boshladi.
Bu gap odamlarga yoqib tushdi. Avval boshda suratlariga qarab, ularni eslab turishdi. So‘ng suratlar o‘rniga haykallar qilib, ibodatxona va uylarga ko‘yishdi. Ular bu haykallar hech kimga foyda ham, zarar ham keltira olmasligini yaxshi bilishsa ham, lekin solih kishilarning barakasi umidida haykallarni hurmat qilishardi. Vaqt o‘tishi bilan haykallarning soni ham, ularga bo‘lgan izzat-ikrom ham ortib boraverdi. Qaysi solih kishi vafot etsa, unga haykal qo‘yadigan bo‘lishdi.
Keyingi avlodlar odamlar o‘z otalarining haykallarini ulug‘layotganlarini, ularning huzurida duo qilishayotganini ko‘rib, voyaga yetdilar. Oxir-oqibatda kishilar haykallarga sajda qiladigan, ulardan yordam so‘raydigan va ularga qurbonlik ataydigan bo‘lib qolishdi. Shunday qilib, haykallar butu sanamlarga aylandi. Odamlar ularni iloh darajasiga ko‘tarib, e’tiqod bilan ibodat qila boshladilar.
Yaratgan Xoliqni qo‘yib, toshdan, loydan, yog‘ochdan bo‘lgan haykallarga sig‘inish katta xato va zulm, Alloh taoloning g‘azabini keltiradigan ulkan gunoh edi.
#3paygʻambar haqida Paygʻambarlar tarixi Arabiston yarimorolida aholi ko‘paygach, guruh-guruh bo‘lib shimoli-sharqiy taraflarga ko‘chib ketgandan keyin ularning ko‘pchiligi Iroqda joylashib qoldi va ziroat bilan mashg‘ul bo‘ldi. Ular dastlab Alloh subhanahu va taologa ibodat qilishdi. Biroq vaqt o‘tishi bilan to‘g‘ri yo‘ldan adashib, turli but-sanamlarga sig‘ina boshlashdi. Shunda rasullarning birinchisi bo‘lgan Nuh alayhissalom insonlarni Alloh taoloning diniga chaqira boshladilar. U zot alayhissalom mazkur diyorlarda yashab turgan qavmlar uchun payg‘ambar qilib yuborildilar.
Qur'onda 25 ta Payg'ambarlarning nomi keltirilgan.
Odam allayhissalom - Qur'onda 25 marta zikr qilingan. Miloddan avvalgi 4004 yilda yerga tushirilgan va miloddan avvalgi 3074 yilda 930 yoshida vafot etgan. Makkada dafn etilgan Idris allayhissalom - Qur'onda 2 marta zikr qilingan . Idris allayhissalom mil. avv. 3382 - yil Iroqda tug'ilgan va mil. avv. 2517 - yil 856 yoshda vafot etgan . Nuh allayhissalom - 43 marta Qur'onda zikretilgan .Mil.avv. 2948-yil Iroqda tug'ilgan va 950 yoshidavafot etgan. Hud allayhissalom - Qur'onda 7 marta zikr qilingan . Hud allayhissalom mil.avv. 2283-yil Iroqda tug'ilgan va 464 yoshida vafot etgan . Yamanda dafn etilgan . Ibrohim allayhissalom - 69 marta Qur'onda zikr etilgan . Mil.avv. 1996-yilIroqda tug'ilgan va 175 yoshlarida vafot etgan. Qabrlari Falastinda joylashgan . Solih allayhissalom - 9 marta Qur'onda zikr etilgan .Mil.avv. 2083-yil Saudiya Arabistonida tug'ilganlar . Lut allayhissalom - 27 mata Qur'onda zikr etilganlar. Lut allayhissalom mill.avv. 1980-yil Iroqda tug'ilganlar va 175 yoshlarida vafot etganlar . Qabrlari Falastinda joylashgan. Ismoil allayhissalom - 12marta Qur'onda zirk etilganlar. Mill.avv. 1910-yil Falastinda tug'ilganlar va 136 yoshlarida vafot etganlar.Makkada dafn etilganlar. Ishoq allayhissalom - 17 marta Qur'onda zikr etilganlar. Ular mil.avv. 1896-yil Falastinda tug'ilganlar va 180 yoshlarida vafot etganlar . Falastinda dafn etilganlar . Yaqub allayhissalom - 16 marta Qur'onda zikr etilganlar . Yusuf allayhissalom mill.avv. 1836-ril tug'ilganlar va 147 yoshlrida vafot etganlar. Qabrlari Falastinda joylashgan. Yusuf allayhissalom- 27 marta Qur'onda zikr etilganlar . Mil.avv. 1747-yil Falastinda tug'ilganlar va mil. avv. 1637-yil 110 yoshlarida vafot etganlar . Falastinda dafn etilganlar. Ayyub allayhissalom - 4 marta Qur'onda zikr etilganlar. Mill.avv. 1630-yil Ummon davlatida tug'ilganlar va 93 yoshlarida vafot etganlar. Qabrlari Ummon davlatida. Shuayb allayhissalom - 11 marta Qur'onda zikr etlganlar . 15-asrda tu'ilganlar . Falastinda vafot etganlar. Xorun allayhissalom - 20 marta Qur'onda zikr etilganlar . Mil. avv. 1361-yil Misrda tug'ilganlar va 123 yoshlarida vafot etganlar .Qabrlari Iordaniyada joylashgan. Muso allayhissalom- 136 marta Qur'onda zikretilganlar . Ular mil.avv. 1356-yil Misrda tug'ilganlar va 120 yoshlarida vafot etganlar. Qabrlari Falastinda joylashgan.