View in Telegram
Sarkash qavm ila tortishuv Mazkur holat Nuh alayhissalomning sarkash qavmga qilgan da’vatlarining sodda bir ko‘rinishi, xolos. Aslida u zot uzoq vaqt turli sharoitlarda da’vat olib borganlar. Bu haqda imom Jaloliddin Suyutiy «Ad-durrul mansur fit-tafsir bil ma’sur» kitobida Ibn Abbos roziyallohu anhudan quyidagilarni rivoyat qiladilar: «Alloh taolo Nuh alayhissalomni qirq yoshida payg‘ambar qilib yubordi. U o‘z qavmini ellik yil kam ming yil Allohga da’vat qildi. U to‘fondan keyin oltmish yil yashadi. Odamlar ko‘payib, keng dunyo torlik qildi». Bir odamning ming yildan ortiq hayot kechirgani ko‘plarga g‘alati tuyulishi mumkin. Lekin bu inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Qur’oni Karimda kelgan xabarni inkor qilgan odam kofir bo‘ladi. Ayni choqda, bu hol aql tarozisida tortsa bo‘ladigan oddiy bir ish. Qadimgi kishilar uzoq umr kechir­gani hammaga ma’lum. Buning ustiga, oz sonli jonzotlarning umri uzun, adadi ko‘plarniki qisqa bo‘lishi ham tajribada ko‘rilgan. Nuh alayhissalom insoniyat to‘fon tufayli qirilib ketgan bir davrda yashaganlari e’tiborga olinsa, bunday uzoq umr ko‘rish oddiy bir hol ekani bilinadi. Nuh alayhissalom turli yo‘llar bilan to‘qqiz yuz ellik yil da’vat qilsalar ham, ozgina qavmdan boshqalar iymonga kelmadi. Bunday holda ko‘plar sinovga dosh bera olmay, qaytib ketishi ham mumkin. Ammo haqiqiy iymon sohiblari o‘z iymonlaridan qaytmaydilar. Nuh alayhissalomning davrlarida ham shunday bo‘ldi. Nuh alayhissalom va u zotga iymon keltirganlar iymonlarida sobit qoldilar.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily