View in Telegram
IROQDAGI SUMARIYA DAVLATI Iroq tarafga borib, qaror topgan odamlar jamoasi Shin’or nomli pasttekislikka joylashdi. U yerda ular­ning hayoti yaxshilandi. Qadrlari baland, darajalari yuqori bo‘ldi va «sumariylar» degan nom bilan tanildilar. Ular asosan ziroatchilik bilan shug‘ullanishdi, to‘g‘onlar qurishdi. Ularning yaqinidagi yerlarga boshqa bir qavm ham joylashib, ko‘paya boshladi. Ularga poytaxt bo‘lgan shaharning nomi Akkod bo‘lib, keyinchalik bu qavm «akkodiylar» degan nom bilan tanildi. Ulardan ba’zilari mazkur joyning sharqiy tarafidagi tepaliklarga ko‘chib o‘tishdi va Susa degan shaharni barpo etishdi. Bu xalq tarixda «iylomiylar» nomi bilan ma’lum va mashhur bo‘ldi. Keyinchalik samuriylar mintaqada eng kuchli davlatga aylandi. Ularning eng mashhur podshohlaridan biri Sarjun ismli odam bo‘lgan. Mashhur shaharlaridan biri esa Ur deb nomlangan. Haykallarga va yulduzlarga ibodat qiluvchi mazkur kishilar uzoq yillar zalolatda qolib ketishdi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily