View in Telegram
Odamlarning dindan uzoqlashishi Alloh taolo Odam Atoni jannatdan yerga tushirgach, uning zurriyotiga baraka berdi. Ular tezda ko‘payib ketdilar, kasb-kor o‘rgandilar. Ular Odam Atoga kelgan dinga e’tiqod qilib, yagona Allohga ibodat qilib yashay boshladi­lar. Odam alayhissalom avlodlarini to qiyomatgacha xayrli ishlardan qaytarishga ont ichgan shayton bu holga toqat qila olmadi. Kishilarni shirkka chakirish, but-sanamlarga ibodat qildirish payiga tushdi. Odam Atoning dastlabki avlodlari ichida Allohdan qo‘rqadigan, taqvodor, solih kishilar bor edi. Atrofdagilar ularni yaxshi ko‘rishar, hurmat qilishardi. Vaqti-soati yetib, ular olamdan o‘tganlaridan so‘ng shayton qolgan kishilarni: «Agar sizlar vafot etgan solih kishilarni haqiqatda yaxshi ko‘rsangiz, ularni eslab turishni xohlasangiz, suratlarini chizib qo‘ying, ertayu kech ko‘rib turasizlar», deya vasvasa qila boshladi. Bu gap odamlarga yoqib tushdi. Avval boshda suratlariga qarab, ularni eslab turishdi. So‘ng suratlar o‘rniga haykallar qilib, ibodatxona va uylarga ko‘yishdi. Ular bu haykallar hech kimga foyda ham, zarar ham keltira olmasligini yaxshi bilishsa ham, lekin solih kishilarning barakasi umidida haykallarni hurmat qilishardi. Vaqt o‘tishi bilan haykallarning soni ham, ularga bo‘lgan izzat-ikrom ham ortib boraverdi. Qaysi solih kishi vafot etsa, unga haykal qo‘yadigan bo‘lishdi. Keyingi avlodlar odamlar o‘z otalarining haykallarini ulug‘layotganlarini, ularning huzurida duo qilishayotganini ko‘rib, voyaga yetdilar. Oxir-oqibatda kishilar haykallarga sajda qiladigan, ulardan yordam so‘raydigan va ularga qurbonlik ataydigan bo‘lib qolishdi. Shunday qilib, haykallar butu sanamlarga aylandi. Odamlar ularni iloh darajasiga ko‘tarib, e’tiqod bilan ibodat qila boshladilar. Yaratgan Xoliqni qo‘yib, toshdan, loydan, yog‘ochdan bo‘lgan haykallarga sig‘inish katta xato va zulm, Alloh taoloning g‘azabini keltiradigan ulkan gunoh edi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily