View in Telegram
Nuh alayhissalomning yuborilishlari O‘sha zamonda yashagan kishilar ichida boylar, zodagonlar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, Alloh taolo Nuh alayhissalomni payg‘ambar qilib tanladi. Nuh oliyjanob, solih, aqlli, halim, to‘g‘riso‘z, omonatli, mehribon odam edi. Alloh taolo u zotga vahiy yuborib, qavmini dinga chaqirishga buyurdi. Nuh alayhissalom: «Men sizga payg‘ambar bo‘ldim», deb qavmiga murojaat qilganlarida, ba’zilar: «Bu qachondan beri payg‘ambar bo‘lib qolibdi? Kechagina biz bilan yurgan edi-ku!» deyishdi. Mutakabbir boylar esa: «Alloh shu qashshoqdan boshqani topa olmabdi-da, nima, boshqalar o‘lgan ekanmi?» deyishdi. Yana boshqa birovlar: «Nuh shu yo‘l bilan obro‘ topmoqchi, boshliq bo‘lmoqchi», deyishdi. Shunday qilib, Nuh alayhissalom o‘z qavmini iymonga chorladi. But-sanamlarni tark etib, Allohga ibodat qilishga da’vat eta boshladi. Bu holatni Alloh taolo Nuh surasida quyidagicha bayon etadi: «Biz Nuhni: «Qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantir», deb o‘z qavmiga rasul qilib yubordik» (1-oyat). Nuh alayhissalom Iroqning janubida, hozirgi Kufa shahri joylashgan hudud atrofida yashagan aholiga payg‘ambar qilib yuborilganlar. Nuh alayhissalom «rasullarning shayxi» deb ham ataladilar, chunki u zot besh «ulul azm» (sabot-matonatli) payg‘ambarlardan biridirlar. Nuh alayhissalomning da’vatlari Nuh alayhissalom amri ilohiyni bajarishga, o‘z qavmlarini Alloh taoloning diniga da’vat qilishga kirishdilar. U zot qavmlarini Allohning diniga da’vat qilishda barcha imkoniyatlarni ishga soldilar. Avval maxfiy, keyinroq oshkora, oxirida ham oshkora, ham maxfiy da’vat qildilar. Shu bilan birga, ularni qiziqtirish uchun dindorlikdan bu dunyoning o‘zidayoq keladigan foydalarni ham zikr qildilar. Ammo sarkash qavm o‘z payg‘ambarining da’vatini qabul qilmadi, turli nobakorliklarda davom etdi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily