View in Telegram
Kema yasashga amr bo‘ldi Alloh taolo Nuh alayhissalomning duolarini qabul qildi. «Va Nuhga vahiy qildikki: «Qavmingdan iymon keltirganlardan boshqa hech kim iymon keltirmas va ularning qilmishlaridan qayg‘uga tushmagin. Bizning rioyatimiz va vahiyimiz ila kema yasagin hamda zulm qilganlar to‘g‘risida Menga gap ochmagin, albatta, ular g‘arq qilinuvchilardir» (Hud surasi, 36-37-oyatlar). Nuh alayhissalom Alloh taoloning amriga binoan ulkan kema yasadilar. To‘fon yaqinlashdi Mana, o‘sha va’da qilingan vaqt ham keldi: «Nihoyat, amrimiz kelib, tannur favvora otganda: «Unga (kemaga) har bir (tur)dan bir juftdan va avval u haqda so‘z ketgan kimsadan boshqa ahlingni va iymon keltirganlarni ham ol», dedik. U bilan birga iymon keltirganlar juda oz edi» (Xud surasi, 40-oyat). To‘fon dahshatli tus olib kelardi. Nuh alayhissalom va sheriklari najot kemasiga minganlaridan so‘ng kema ularni tog‘lardek bo‘lib, mavj urayotgan to‘lqinlar ustida olib keta boshladi. Allohning azobi kelgandan keyin kofirlarning birortasini hech kim, hech narsa qutqara olmadi. Faqat Alloh O‘zi rahm qilgan bandalarini najot kemasida kutqarib qoldi. Vaqti-soati yetib, to‘fon tinchidi. Dunyoni sukunat chulg‘adi. Tarixchilarning ta’kidlashlaricha, najot kemasida Nuh alayhissalom bilan birga sakson kishi o‘z oilalari bilan bo‘lgan. Ular kemada bir yuz ellik kun kolganlar. Nuh alayhissalom mustaqil shariat ila kelgan birinchi rasul-payg‘ambar bo‘ldilar. Nuh alayhissalom shirkdan ogohlantirgan birinchi payg‘ambar bo‘ldilar. Nuh alayhissalom «payg‘ambarlarning shayxi» nomini oldilar. Nuh alayhissalom eng ko‘p umr ko‘rgan inson va payg‘ambardirlar. Tarixchilarning ta’kidlashlaricha, u zot Makkai mukarramada Masjidul Haromning yaqiniga dafn qilinganlar. Nuh alayhissalomning o‘g‘illaridan biri bo‘lmish Som va uning farzandlari Arabiston yarimoroli tomonga yurdilar. Homning o‘g‘illari janub tarafga – Iroq tomon yurdilar va o‘sha yerlarning atroflariga joylashdilar. Nuh alayhissalomning Yofas ismli o‘g‘illari va uning zurriyoti sharq tomonga, bir qismi esa g‘arb tomonga harakatlanishdi. Boshqalar esa turli taraflarga tarqalib ketdi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily